Umrvoqi




Umrboqiy , Umrvoqi — xalq seleksiyasida yaratilgan kechpishar qovun navi. Hozirgi Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik institutida takomillashtirilgan "Umrboqiy 3748" navi chikarilgan (K.I.Pangalo, M. Goldgauzen). Urugʻdan unib chiqqach, 115—130 kundy pishadi. Qovuni tuxumsimon (23—28 sm), ogʻirligi 3–6 kg. Tuyey sariq aralash qoramtiryashil, sirti tekis, meva bandi tomoni yirik toʻr bilan qoplangan. Pusti qattiq. Eti nim yashil, qalinligi 4,5—5,5 sm, tigʻiz, sersuv, shirin. Tarkibida 10—11% qand bor. Palagidan toʻliq pishmay uzib olinadi. Saklash davrida tarkibidagi qand miqdori ortadi. Hosildorligi 300— 350 s/ga. Kelgusi yilning may oyigacha saklash mumkin. 1956-yildan davlat reyestriga kiritilgan. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashkari barcha viloyatlarda ekiladi.

uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz