Umra




Umra  — islom anʼanasida kichik haj. U. Qurʼon oyati va Paygʻambar (as) sunnati bilan sobit bulgan amal. U.ni yil — un ikki oy bajarish mumkin. U.ning ikkita farzi bor: ehrom, Kaʼbani tavof qilish. Bir kishi Makkaga borganda bir necha bor oʻziga, otasiga, onasiga, yaqinlariga U. qilishi mumkin. Faqat har bir U. uchun qayta miyqotga borib, yuvinib, ehromni kimga U. qilayotgan boʻlsa usha kishiga niyat qilib kiyadi. Hajga borib, Makkada yashab turganlar uchun „Tanʼim“(hazrat Oysha) mayejidi miyqot hisoblanadi.

Ushbu risola umra ibodati haqida bir shingil koʻrsatmalardan iborat boʻlib, uni oʻquvchilarga taqdim etiladi

Birinchi: Umra qilmokchi boʻlgan odam miykotga yetib kelganidan soʻng, gʻusl qilib, tozalanishi mustaxabdir. Xotin qizlar ham, garchi xayz va nifos qoni koʻrayotgan boʻlsalar-da, gʻusl kilib, tozalanadilar. Biroq, qon toʻxtab, gʻusl qilib poklanmagunlaricha, Kaʼbani tavof qilmaydilar.

Erkak kishi ehrom kiyimlariga tekkizmagan xolda, badaniga xushboʻy narsalar surishi mumkin. Agar miykotda gʻusl qilish imkoni boʻlmasa, zarari yoʻqdir. Chunki uning Makkaga etib kelgach, qulaylik boʻlsa, tavof kilishdan avval gʻusl qilishi, mustaxabdir.

Ikkinchi: Erkak kishi tiqilgan barcha kiyimlarini yechib, izor (bel osti lungisi) va rido (bel usti lungisi) boglaydi. Erkaklarning ok rangdagi izor va ridoni boshlarini oʻramasdan bogʻlashlari mustaxabdir.

Xotin-qizlar esa, ziynat va shuxrati boʻlmagan oddiy kiyimlarni kiyishi — ehrom boglashidir.

Uchunchi: Soʻngra kalbi bilan ibodatga kirishishni niyat kiladi va tili bilan: „labbayka Alloxumma umratan“ (Alloxim sening barcha xukmlaringga tayyorman va umraga niyat kildim) yoki „Alloxumma labbayka umratan“ (Iloxim, sening barcha xukmlaringga tayyorman va umraga niyat kildim), deydi. Agar ehromdagi odam kasalligi, dushmanning xatari va bundan boshqa shariat izn bergan sabablardan biri sababli ibodatini ado eta olmay qolishdan qoʻrksa, ehromga kirish paytida „Agar meni biron toʻsik toʻssa, oʻsha er mening ehromdan chiqish yerimdir“, deb shart qiladi. Buning dalili Zuboʻa Zubayr qizining aytgan soʻzlaridir. U: „Yo rasulullox, men xaj qilmokchiman, biroq, kasalman“- dedi. Rasulullox sollalloxu alayxi va sallam: „Xaj qil. Birok, (kasallik) meni qaerda toʻssa, oʻsha er mening ehromdan chiqish yerimdir“, deb ayt"- dedilar" (Muttafakun alayx).

Exromni kiyganidan soʻng, rasulullox sollalloxu alayxi va sallam aytgan talbiyani aytadi: „Labbaykal-loxumma labbayk! Labbayka la sharika laka labbayk! Innal-xamda van-neʼmata laka val-mulk, la sharika lak“.

U bu talbiya va Alloxning zikrini koʻp aytadi va Alloxga koʻp duo kiladi. Masjidul-Xaromga etib kelgach, xuddi boshqa masjidlarda qilganidek, eshikdan oʻng oyogʻi bilan kirib: "Bismillax, vassolatu vassalamu ala rasulillax, aʼuzu billaxil-aziym va bi vajxixil-kariym va sultonixil-kadiym minash-shaytonir rajiym. Alloxummaf-tax liy abvaba roxmatik (Alloxning nomi bilan.. Alloxning rasuliga salavot va salomlar boʻlsin. Men Buyuk Alloxdan, Uning buyuk yuzi va kadimiy sultonligi bilan (Alloxning raxmat dargoxidan) kuvilgan Shaytondan panox soʻrayman. Iloxim, men uchun raxmating darvozalarini och!) — deyishi sunnatdir.

Keyin, Kaʼbaga yetib kelguniga kadar talbiya aytish bilan mashgul boʻladi.

Toʻrtinchi: Kaʼbaga yetib kelgach talbiya aytishni toʻxtatadi va Qora tosh-Xajarul-asvadni qasd qiladi-da, uning qarshisiga yurib, uni oʻng koʻli bilan silaydi yoki imkoni boʻlsa, oʻpadi. Odamlarga ozor bermaydi. Silash paytida: „Bismillaxi valloxu akbar“ (Alloxning ismi bilan va Allox buyukdir) yoki „Alloxu akbar“ (Allox buyukdir), deydi. Agar oʻpish imkoni boʻlmasa, qoʻli yoki xassasi va shunga oʻxshash biron narsa bilan silaydi va silagan narsasini oʻpadi. Agar silash imkoni xam boʻlmasa, koʻli bilan ishora kiladi va: „Alloxu akbar“ (Allox buyukdir) — deydi. Ishora qilgan narsasini oʻpmaydi. Tavof toʻgri-saxix boʻlishi uchun tavof kilayotgan odamning gusli va taxorati boʻlishi kerak. Chunki tavof xam namoz singari boʻlib, fakat unda gapirishga ruxsat berilgan.

Beshinchi: Tavof qilar ekan, Kaʼba uning chap tarafida boʻlishiga dikkat kilinadi va uni etti marta tavof kilinadi. Agar oʻng taraf — „ruknul-yamoniy“ga etib kelinsa, uni oʻng koʻl bilan silanadi va: „Alloxu akbar“ deyiladi. „Ruknul-yamoniy“ni oʻpilmaydi. Agar silash imkoni boʻlmasa, silamay tavofda davom etiladi: unga ishora xam kilinmaydi va takbir xam aytilmaydi.

Xajarul-asvadga etib kelingach, yukorida eslatib oʻtilganidek, uni silanadi, oʻpiladi va takbir aytiladi. Boʻlmasa, unga ishora kilinib, takbir aytiladi.

Erkaklargagina „kudum“ — kelish tavofi asnosida birinchi uch tavofda „raml“ — kichik kadamlar bilan tez yurish, mustaxabdir..

Bundan tashkari, erkaklarning „kudum“ tavofining barcha shavt-martalarida ridolarining oʻrtasini oʻng elkalarining ostiga va ikki tarafini chap elkalarining ustiga koʻyishlari mustaxabdir. Barcha shavtlarda imkoni boricha Alloxning zikri va duolarning koʻp aytilishi mustaxabdir. Tavofda oʻkiladigan maxsus duo va maxsus zikr yoʻkdir. Balki, bilgan zikr va duolar oʻkilaveradi. Ikki rukn oʻrtasida: „Robbana aatina fid-dunya xasanatan va fil-oxirati xasanatan va kinaa azaban-naar“ (Robbimiz, bizlarga dunyoda xam, oxiratda xam yaxshiliklar ato et va jaxannam azobidan sakla!) duosini xar bir shavtda aytiladi. Chunki bu, rasulullox sollalloxu alayxi va sallamdan sobitdir. Ettinchi shavtni, yukorida zikr kilinganidek, imkoni boʻlsa Xajarul-asvadni oʻpish yoki silash yoki ishora kilish va takbir aytish bilan tugallanadi. Bundan soʻng ridoni yopiniladi: elkaga tashlanib, uchlari koʻksida boʻladi.

Oltinchi: Makom (i Ibroxim) orkasida, imkoni boʻlsa, nikki rakaat namoz oʻkiydi. Agar imkoni boʻlmasa, masjidning xar kaysi erida oʻkilsa xam boʻlaveradi. Uning birinchi rakatiga fotixadan soʻngra „Kofiruvn“, ikkinchi rakaatida esa „Ixlos“ suralarini oʻkiladi. Bunday kilish afzaldir. Agar boshqa suralarni oʻkilsa, zarari yoʻk. Ikki rakatni tugatilganidan soʻng, Xajarul-asvad tomon yuriladi va imkoni boʻlsa oʻng koʻl bilan silanadi.

Ettinchi: Keyin Safo (togi) tarafiga borib, uning ustiga chikiladi yoki turiladi. Chikish afzaldir. Birinchi shavtni boshlashdan avval:

„La ilaxa illallox. Valloxu akbar, la ilaxa illalloxu vaxdaxu la sharika lax, laxul-mulku va laxul-xamd va xuva ala kulli shayʼin kodiyr. La ilaxa illalloxu vaxdax, anjaza vaʼdax va nasara abdax va xazamal-axzaba vaxdax“ (Alloxdan oʻzga ilox yoʻkdir va Allox buyukdir! Sheriksiz yolgiz Alloxdan oʻzga ilox yoʻkdir xamda egadorlik va xamdlar Ungagina xosdir. Xolbuki, U barcha narsaga kodirdir. Yolgiz Alloxdan oʻzga ilox yoʻkdir. U vaʼdasiga vafo kildi, bandasiga yordam berdi va oʻzi guruxlarni maglub kildi), deb koʻllarini koʻtarib duo kiladi va bu zikr va duolarni uch marta takrorlaydi.

Keyin, Marva togi tomon yuriladi va birinchi belgiga etib kelganda, erkaklar ikkinchi belgiga etgunga kadar yugurib chopadilar. Xotin-kizlarning yugurishlari shariatda koʻrsatilmagan. Chunki xotin-kizlar avratdir. Soʻngra davom etib, Marva togiga chikiladi yoki Marvada turiladi: togning ustiga chikish afzaldir. Marva togida xam Safo togida kilingan ishlarni kilinadi. Birok, yukorida zikri oʻtgan oyatni oʻkilmaydi. U oyatni rasulullox sollalloxu alayxi va sallamdan namuna olib, fakatgina birinchi shavtda Safo togidagina oʻkiladi, xolos. Keyin togdan tushib, Safo togiga etib borilguniga kadar sekin yuriladigan erda sekin, yuguriladigan erda yuguriladi. Etti shavt shu kabi ado etiladi: Borish bir, kaytish esa aloxida bir shavt xisoblanadi. Xususan, extiyoj boʻlsa, biron narsani minib yursa, zarari yoʻk. Yurish asnosida koʻp zikr va duolar kilish mustaxabdir. Bu yurishda xam guslli va taxoratli boʻlish kerak. Taxoratsiz yursa zarari yoʻk.

Sakkizinchi: Agar yurish-saʼy nixoyasiga etsa, erkaklar sochlarini kirishlari yoki kiskartishlari zarur. Kirib tashlash afzaldir. Agar Makkaga kelish payti xaj mavsumiga yakin boʻlsa, sochlarni kiskartish afzaldir. Chunki sochning qolgan kismini xaj mavsumida kirib tashlanishi mumkin. Xotin-kizlar esa, sochlarini toʻplab uning uchidan bir barmok boʻgimicha yoki undan ozrok kirkishlari etarlidir.

Exrom boglagan odam yukorida zikri oʻtgan amallarni kilsa, umra ibodati tugaydi valxamdu lillax va unga ehrom boglashi bilan harom boʻlgan barcha narsa xalol boʻladi.

Allox taʼolo bizlarni va barcha musulmon birodarlarimizni dinida fakix va sobitkadam boʻlishga muvaffak kilsin xamda barchadan ibodatlarini kabul etsin. Darxakikat, U saxovatli karim zotdir.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz