Umr Ko‘rish




Umr , umr koʻrish — organizm yashash davrining davomiyligi (ontogenezi). U. organizmni qarilik va oʻlimga olib keladigan, yemiradigan va qayta tiklaydigan fiziologik va biokimyoviy jarayonlarning oʻzaro taʼsiridan iborat. Odatda, fiziologik, ekologik va oʻrtacha U. farq qilinadi. Fiziologik U. tur individining qulay yashash sharoitidagi maksimal yoshi bn; ekologik U. esa uning tabiiy sharoitdagi maksimal yoshi bilan belgilanadi. Oʻrtacha U. populyatsiya individlari umrining oʻrtacha arifmetik qiymatidan iborat. Oʻrtacha U. tashqi muhit sharoiti taʼsirida oʻzgarib turadi; fiziologik va ekologik U. esa oʻzgarmas konstant hisoblanadi.

Hayvonlar U.i suyak qoldiqlari va tishlari, baliqlarniki — tana oʻlchamlari, tangachalar va suzgʻich nurlari kesimi; mollyuskalar U.i chigʻanoq halqalari orqali taxminan aniqlanadi. Tabiiy muhitda yovvoyi hayvonlar yoshini toʻgʻri aniklash qiyin. Qoʻlda boqiladigan hayvonlarning faqat fiziologik U.ni aniqlash mumkin. Uzoq U. koʻrish hayvonlarning har xil sistematik guruxlari uchun xos. Masalan, osyotrsimonlar 50—100-yil, qurbaqa va tritonlar — 25—30 yilgacha, baqalar 12—13-yil, timso)u1ar va toshbaqalar 50—100-yil; boyqush, qargʻa, burgut, oq saqoqush, toʻti 50—70-yil, baliqchi qush, turna, quzgʻun, afrika tuyaqushi 30—40-yil, ayrim sut emizuvchilar 70— 110-yil U. koʻradi. Bitta sistematik guruhga mansub turlar U.i birbiridan bir necha baravar farq qiladi. Masalan, sut emizuvchilar sinfiga mansub kemiruvchilar (sichqon, kalamush) 3—4 yilgacha; juft tuyoqlilar (choʻchqa, qoʻy, sigir) 15—30-yil; toq tuyoqlilar (zebra, eshak, ot) 30—70-yil U. koʻradi. Sut emizuvchilarning tana yoki ayrim organlari (jigar, miya, buyrak usti bezi) ogʻirligi bilan U. oʻrtasida musbat; tana harorati bilan U. oʻrtasida manfiy korrelyatsiya kuzatiladi. Tana haroratining 10 darajaga pasayishi bn, odatda, tana xarorati pasayadigan issiq qonli hayvonlar uyquga ketmaydigan hayvonlarga nisbatan bir necha marta koʻproq U. koʻradi. Ikkiga boʻlinib koʻpayadigan bir hujayralilar (mas, amyobalar) va toʻxtovsiz koʻpayadigan toʻqimalar qulay sharoitda cheksiz uzoq; ayrim tufelkalar kloni 10 yilgacha U. koʻradi.

Evolyutsiya jarayonida uzoq yashashga imkon beradigan belgilar toʻplanib borishi natijasida turlar U.i uzayib borgan va uzoq U. koʻradigan yangi turlar paydo boʻlgan. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda keyingi 60 yil davomida tuyokli va yirtqich sut emizuvchilarning fiziologik umri 2—3 marta ortgan.

Odam U.i koʻp jihatdan ijtimoiy sharoit bilan bogʻliq. Masalan, oʻrtacha U. Qadimgi Gretsiyada 18 yilga, Qad. Rimda 22 yilga yaqin, rivojlangan Yevropa mamlakatlarida Uygʻonish davrida — 35 yilga, 19-asr oʻrtasida — 40 yilga teng boʻlgan. 20-asrda tibbiyot fanlarining yutugʻi va ijtimoiy yuksalish natijasida odamning urtacha umri 20 yildan koʻproq uzaygan. 20-asr 80-yillarida rivojlangan mamlakatlarda oʻrtacha U. erkaklar uchun 70-yil, xotinqizlar uchun 76 yilga toʻgʻri kelgan. Atrofmuhit sharoiti va turmush tarzi eng qulay boʻlganida odamning oʻrtacha U.i 85 yilga yetishi mumkin. Odam U.ining yanada uzayishi qarish sirasrorlarini chuqurroq bilib olish bilan bogʻliq.

Yuksak oʻsimliklar U.i yashash muddatiga binoan bir, ikki va koʻp yillik boʻladi. Bunday boʻlinishi shartli, chunki muhit sharoitiga qarab turning U.i oʻzgarishi mumkin. Mas, gʻoʻza va kanakunjut tropikada kup yillik, moʻʼtadil iqlimda bir yillik; koʻngʻirbosh pasttekisliklarda bir yillik, tof sharoitida koʻp yillik boʻlib oʻsadi. Bir yillik oʻsimliklar orasida efermerlar ayniqsa qisqa (bir necha oy) U. koʻradi. Koʻp yillik oʻtlar U.i har xil: ayrim paporotniklar 100 yildan ortiq; gulli usimliklardan ut, buta, chalabutalar bir necha 10 yildan 100 yilgacha; baland togʻlarda usadigan ayrim chalabutalar (saurarcha) 300-yil, hatto 800-yil U. kuradi. Oʻsimliklar orasida, ayniqsa, daraxtlarning U.i uzoqboʻladi. Masalan, mamont daraxti 4 ming y., baobab 4—5 ming y. U. koʻradi. AQShning Kaliforniya va Nevada shtatlari chegarasida 4300 va 4680-yil umr kurgan qaragʻaylar; Surxon vodiysi Sayrob qishlogʻida 700 yilga yaqin U. koʻrgan chinorlar bor. Lekin kupchilik daraxtlarning umri bir necha 10 yildan oshmaydi. Daraxtlar U.i poyadagi yillik halqalar soni, tanasining yugonligi, yillik qoʻshimcha usishi, shoxlanishi, pustlogining rangi va tuzilishiga qarab aniqlanadi.

Tirik organizmlar, jumladan, odamning qarishi jarayonini gerontologiya urganadi (yana qarang Yosh).

Adabiyot




Ochil Mavlonov.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz