Ummu Harom




Ummu Harom bint Milhon (arab. أم حرام بنت ملحان; turkcha: Hala Sulton) Muhammad alayhissalomning ona tomondon xolalari va u zotning ayol sahobalaridan edi . U Madina ansorlaridan bo‘lgan..

Hayoti



U Ummu Sulaymning singlisi edi va ularning uyiga Muhammad alayhissalom tez-tez tashrif buyurardilar. Ikki ukasi Harom ibn Milhon va Sulaym ibn Milhon Badr va Uhud janglarida qatnashganlar. U Muhammad alayhissalomning sahobalari Uboda ibn Somit bilan turmush qurgan. Uboda ansoriylardan birinchi bo‘lib Aqaba bay’atida qatnashgan. Ummu Harom Anas ibn Molikning ham xolasi edi .

Ummu Harom qabri



Ummu Harom maqbarasi Kiprning Larnaka shahrida joylashgan va uning yonida masjid qurilgan. Masjid “Hala Sultan Tekkesi” nomi bilan mashhur.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz