Ummonshunoslik
Ummonshunoslik ,
okeanologiya (okean va ... logiya), yoki
okeanografiya deb ham yuritiladi. — Dunyo okeanidagi fizik, kimyoviy, geologik va biologik jarayonlarni oʻrganadigan fanlar majmui. O.ning asosiy amaliy maqsadi — dengizdagi suv usti va suv osti kemalari katnovining xavfeizligini taʼminlash va samaradorligini oshirish, okean suvlari va tubining biologik-mineral va energetika resurelaridan foydalanish; ob-havoni oldindan aytish usullarini mukammallashtirish.
O., asosan, kemalarda va gidrologik st-yalarda oʻlchovlar oʻtkazishga asoslanadi: kemalarda exolot yordamida okean tubining chuqurligi oʻlchanadi; astronomiya usulida Yerning radio yoʻldoshlari va maxsus navigatsiya yoʻldoshlari yordamida kema turgan joyning oʻrni anikdanadi; gidrologik st-yalarda esa suvning temperaturasi oʻlchanadi; shoʻrligi va kimyoviy, optik xususiyatlarini aniklash uchun turli chuqurlikdan namuna olinadi. Bu fan okean suvi yuzasidagi va chuquridagi oqimlarni, toʻlqinlarni oʻlchash; suv rangini, muzlarning xususiyatini aniklash, gruntdan, hayvon va oʻsimliklardan namuna olish usullaridan ham foydalanadi. Bir qancha oʻlchovlar (dengiz sathi, suv koʻtarilishi, toʻlqinlar, temperatura va boshqalar) qirgʻoq va orol st-yalarida olib boriladi. Dunyo okeanografiya katalogi (1973) 200 ming gidrologiya st-yasining maʼlumotlarini oʻz ichiga oladi. Okean tubi chuqurliklarini sistemali ravishda oʻlchab turish yoʻli bilan toʻplangan maʼlumotlar okean maydoni asosiy qismining 1:10 000 000 masshtabli batimetrik haritalarini tuzish imkonini bermokda. O. maʼlumotlari navigatsiya haritalari, jadvallar, qoʻllanmalar va lotsiyalar tuzishda gidrografiya xizmati muassasalari uchun ilmiy asos boʻlib xizmat qiladi.
Okean fizikasi (fizik okeanografiya, dengiz fizikasi) gidrotermodinamika, akustika, okean optikasi, radioaktivligi (yadro gidrofizikasi) va elektromagnit maydonini tadqiq etishni oʻz ichiga oladi. Okean fizikasining eng yirik muammosi ob-havoni ancha vaqt oldindan aytish imkonini beradigan krnuniyatni — okean va atmosfera oʻrtasidagi oʻzaro taʼsir qonuniyatini aniqlashdan iborat.
Okean kimyosi (kimyoviy okeanografiya) okean suvlarining gidro-kimyosi va okean tubi choʻqindilarining geokimyosini oʻz ichiga oladi.
Okean geologiyasi geol., geofizika va geokimyoning Dunyo okeani tagidagi Yer qobigʻiga tegishli barcha boʻlimlarini oʻz ichiga oladi.
Okean biol ogiyasi tirik organizmlar — plankton, nekton, bentos va mikroorganizmlarni oʻrganish bilan shugʻullanadi.
Asosiy xalqaro okeanologiya tashkilotlari: YUNESKO qaramogʻidagi hukumatlararo okeanografiya komissiyasi (XOK), Dengizni oʻrganish xalqaro kengashi va boshqa
Manbalar
uz.wikipedia.org