UMMON TOG’LARI
UMMON TOG’LARI, Xojar tog’lari — Arabiston yarim orolining Sharqiy qismidagi tog’lar. Aksari qismi Ummon hududida. Arabiston dengizining Ummon qo’ltig’i sohili bo’ylab 600 kilometrga cho’zilgan. Eng baland joyi 3353 metr (Shom cho’qqisi). Asosan, ohaktosh, bazalt va serpentinlardan tuzilgan. Janubiy g’arbiy va g’arbiy etaklari cho’l, yon bag’ri savanna va tropik o’rmonlar, tog’ tepalari esa o’tloqdan iborat. Vohalarda bug’doy va makkajo’xori ekiladi, banan va xurmozorlar barpo etilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz