Umm Hakim bint al-Horis ibn Hishom




Ummu Hakim bint al-Horis ibn Hishom (arabcha: أم حكيم بنت الحارث بن هشام) Muhammad paygʻambarning ayol hamrohi va keyinchalik Islomning ikkinchi xalifasi boʻlgan Umarning xotini edi.

Oilaviy hayot



Ummu Hakim otasi al-Horis al-Maxzumiyning (ibn Hishom ibn al-Mugʻiyra ibn Abdulloh ibn Umar ibn Maxzum) qizi edi. Uning Onasining ismi esa Fotima binti Valid ibn al-Mugira ibn Abdulloh ibn Umar ibn Maxzum edi.

Ummu Hakim milodiy 634-yilda Yarmuk jangida halok boʻlgan Ikrima ibn Abi Jahlning xotini boʻlgan.

Abi Jahl vafotida soʻng, Ummu Hakim milodiy 634-yilda u Marj al-Saffor jangi oldidan kechqurun Abu Said Xolid ibn Saidga turmushga chiqdi, ammo Abu Said ham jangda halok boʻldi.

Ummu Hakim keyinchalik Umar ibn al-Xattobga turmushga chiqdi va ularning Fotima ismli qizi bor edi.

Uhud jangi



Uhud jangida u musulmonlarga qarshi kurashgan Makkadagi Ikrima va boshqa Qurayshga hamrohlik qilgan ayol edi. Ummu Hakim boshqa ayollar bilan bir guruh Quraysh ayollarini jang maydoniga olib borganlarida nogʻora chalgan edi.

Makkaning fath qilinishi



Milodiy 630-yilda musulmonlar Makkani fath qilganlarida, Ummu Hakim boshqa Quraysh odamlari bilan birga Islomni qabul qildi. Keyinchalik Ummu Hakim turmush oʻrtogʻi Ikrimani ham Islomni qabul qilishga koʻndiradi.

Marj al-Saffar jangi



Abu Said oʻldirilgandan soʻng, Umm Hakim 634-yilda Marj al-Saffor jangida hozir Damashq yaqinidagi Ummu Hakim koʻprigi deb nomlanuvchi koʻprik yonidagi chodir ustuni bilan yettita Vizantiya askarini oʻldirgani maʼlum.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz