Umidova Zulfiya Ibrohimovna
Zulfiya Ibrohimovna Umidova (1897.1.6 Toshkent — 1980.17.4) — terapevt olima, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1949), SSSR Tibbiyot Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1948). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1944), tibbiyot fanlari doktori (1947), professor (1948). Oʻrta Osiyo universitetining tibbiyot fakultetini tugatgach (1922), ft terapiya klinikasi ordi natori (1922— 25), assistenti (192637), Toshkent tibbiyot akademiyasi dotsenti (1937— 44), gospital terapiya kafedrasi mudiri (194469), 1970-yildan shu kafedraning professor konsultanta. Ilmiy ishlari oʻlka patologiyasi va issiq iqlim sharoitida yuraktomir sistemasi kasalliklarini davolashga, shuningdek, sogʻlom odamning yuraktomir sistemasi va miokard infarktining klinik xususiyati hamda tonus, tomirlar kamchiligining boshqa shakllarini yoritishga bagʻishlangan. Toshkent tibbiyot akademiyasi va Oʻzbekiston Sogʻliqni saklash vazirligi quzuridagi Yuraktomir sistemasi fiziologiyasi va patologiyasi muammolari komissiyasining raisi (1959—70).
Adabiyot
uz.wikipedia.org