Umidjon Ergashev




Umidjon Ergashev (1999-yil 20-martda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik futbolchi, „Nasaf“ va futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynaydi.

Ilk yillar



Umidjon Ergashev 1999-yil 20-mart kuni Samarqand viloyatining Chelak qishlogʻida tavallud topgan. Juda kichik yoshidan futbolga kuchli qiziqishi boʻlgan. Buni sezgan oila aʼzolari Umidjonni Nasaf akademiyasiga olib kelishgan. 2017-yilgacha darvozabon Nasaf jamoasining turli yoshdagi jamoalari darvozasini qoʻriqlagan.

Karyera



Ichki chempionat



2017-yil 1-yanvardan Nasaf klubi bilan shartnoma tuzgan. Shundan buyon turli musobaqalarda 60 ta oʻyinda jamoa darvozasini qoʻriqlagan. Amaldagi shartnomasi 2024-yil 31-dekabrgacha imzolangan boʻlib, transfer narxi 300 000 yevroni tashkil etadi.

Oʻzbekiston terma jamoalarida



Umidjon Ergashev 2016-yilda Oʻzbekiston U-19 jamoasiga chaqirilgan va Osiyo chempionatida 2 ta oʻyinda maydonga tushgan.
2018-yilda Uzbekistan U-20 jamoasiga, 2020-yil esa Oʻzbekiston U-23 jamoasiga chaqiruv olgan. Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga ham bir necha marotaba chaqiruv olgan boʻlsada, hali maydonga tushmagan.

Yutuqlar



2021-yilda Ravshan Haydarov boshchiligidagi Oʻzbekiston U-23 jamoasi tarkibida Antalya Cup 2021 xalqaro turnirining eng yaxshi darvozaboni deya topilgan.

Jamoaviy



„Nasaf“

2023-yilda



Ushbu mavsumda Umidjon Ergashev Oʻzbekiston Superligasida 2 marotaba asosiy tarkibda maydonga tushdi va 180 daqiqa davomida toʻliq harakat qildi. Ushbu 2 ta oʻyinda jami 9 ta toʻp oʻtkazib yubordi va bu uning asosiy tarkib uchun kurashiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Sariq va qizil kartochkalar olmadi. 10 ta oʻyinni zahiradan kuzatdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz