Umida Abdullayeva




Umida Abdullaeva (1997-yil 12-iyulda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik taekvondochi. U 2017-yili Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida oʻtkazilgan Islom birdamlik oʻyinlarida ayollar oʻrtasida o'tkazilgan 62 kilogramm vazn toifasidagi musobaqada kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Qizlar oʻrtasida o'tkazilgan  2014-yil Xitoyning Nankin shahrida bo'lib o'tgan yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlarda +63 kg bellashuvda kumush medalni qoʻlga kiritgan. Shu yili 2014-yilgi Osiyo oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 73 kg vazn toifasida Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi. Mazkur musobaqada u ilk uchrashuvni qozogʻistonlik Feruza Yergeshovaga qarshi kurashadi, navbatdagi bahsda kambodjalik Sorn Seavmeyga qarshi bahsda esa mag'lubiyatga uchraydi.

Bundan tashqari, 2017-yili Turkmanistonning Ashxobod shahrida oʻtkazilgan Yopiq inshootlardagi va jang san’atlari boʻyicha Osiyo oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 62 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz