Umedjon Barnoyev




Umedjon Isoqovich Barnoyev  — Buxoro viloyati Romitan tumani hokimi.

Biografiyasi



1970-yilda Buxoro viloyati Romitan tumanida tugʻilgan. Millati oʻzbek. Maʼlumoti oliy. 1996-yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi (hozirgi Buxoro muhandislik-texnologiya instituti)ni hamda 2000-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi – muhandis-mexanik, huquqshunos.

Mehnat faoliyati



Mehnat faoliyatini 1998-yilda Buxoro viloyati Adliya boshqarmasida sud ijrochisi sifatida boshlagan. Keyinchalik boshqarmaning ariza va shikoyatlar boʻyicha katta maslahatchisi, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish boʻlimi bosh maslahatchisi (1998—2004) lavozimlarida ishlagan.

2004—2005-yillarda Respublika Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jihatdan va moliyaviy taʼminlash departamenti Toshkent shahar hududiy boʻlimi katta mutaxassisi, 2-darajali yuristi, 2004−2013-yillarda Toshkent shahar prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimi sifatida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, „Oʻzpaxtasanoat“ aksiyadorlik jamiyati yuridik boshqarmasi huquqshunos maslahatchisi (2018), mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi „Safari Vogue“ innovatsion turizm klasteri direktor oʻrinbosari (2018—2020), mazkur MChJ innovatsion turizm klasteri bosh direktori (2020) lavozimlarida ishlagan.

2020-yilda Buxoro tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

2021-yildan hozirgi kunga qadar Romitan tuman hokimi lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Oilasi



2016—2020-yillarda Buxoro viloyatiga hokimlik qilgan, 2020-yil fevralida bosh vazir oʻrinbosari lavozimiga tayinlanib, 2020-yil sentyabr oyida vafot etgan Oʻktam Barnoyevning ukasi hisoblanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz