Umeda Sky Building
Umeda Sky Building Yaponiyaning Osaka prefekturasidagi o‘n to‘qqizinchi eng baland bino bo‘lib, shaharning eng taniqli diqqatga sazovor joylaridan biri xisoblanadi. Umeda Sky Building binosi ikkita 40 qavatli minoralardan iborat bo‘lib, ularning eng yuqori qavatlari bir biri bilan ko‘priklar va markazdagi keng atriumga o‘xshash bo‘shliqni kesib o‘tuvchi eskalator yordamida bog‘langan. Bino Osakaning Kita-ku shahridagi Umeda tumanida joylashgan.
Bino dastlab 1988 yilda “Havo shahri” loyihasi sifatida ishlab chiqilgan bo‘lib, Osakaning shimolida bir-biriga bog‘langan to‘rtta minorani yaratish rejalashtirilgan. Ammo, 1980-yillardagi Yaponiya iqtisodiyotidagi salbiy o‘zgarishlar tufayli minoralar sonini ikkitaga qisqartirilgan.
173 m balandlikdagi bino loyihasi Xiroshi Xara tomonidan ishlab chiqilgan. Bino Takenaka korporatsiyasi tomonidan qurilgan va 1993 yilda qurib bitkazilgan.
Binoning tom qismida tomosha maydoni, Suzuvchi bog‘ observatoriyasi, shuningdek, 20-asr boshlarida Osaka atmosferasini qayta tiklashga harakat qiladigan yer osti bozori ham mavjud. Minoralar tagida yurish yo‘llari va suv inshootlariga ega shahar bog‘i joylashgan.
Egalik
Bino asosan Toshiba Building Co., Ltd orqali Toshiba korporatsiyasiga tegishli bo‘lgan. 2008 yilning iyul oyida Toshiba kompaniyasi 35% egalik huquqini saqlab qolgan holda Toshiba Building kompaniyasining asosiy ulushini (65%) Nomura Real Estate kompaniyasiga sotgan.
Ijarachilar
Umeda Sky Building binosining sharqiy minorasida Mazda kompaniyasining ofisi joylashgan. Umeda Sky Building binosining sharqiy minorasi o‘ttiz beshinchi qavatida Germaniyaning Osakadagi Bosh konsulligi joylashgan. AstraZeneca kompaniyasining Yaponiya va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi bosh qarorgohi Sharqiy minorada joylashgan. PlatinumGames ham mazkur binoda joylashgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org