Umed Habibulloyev




Umed Habibulloyev (1978-yil 12-noyabr) — tojikistonlik futbolchi, himoyachi ampulasida oʻynaydi. Tojikiston terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan.

Biografiyasi



Klubdagi faoliyati



Umed 1996-yilda „Sitora“ klubida professional futbolchilik faoliyatini boshlagan. Futbolchi klub tarkibida Tojikiston chempionati doirasida 11ta oʻyin oʻtkazgan. 1998-yilda Varzob jamoasiga koʻchib oʻtgan va jamoa tarkibida uch yil davomida muvaffaqiyatli oʻyinlar oʻtkazgan. 2001-yilda Umed Qozogʻistonning „Jetisu“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Habibulloyev ikki yil mobaynida Qozogʻiston chempionatida harakat qilgan. Birinchi mavsumda u „Jetisu“ tarkibida 23 ta oʻyin oʻtkazgan va Qozogʻistonning oliy ligasida 2 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan, ammo mavsum oxirida futbolchi jamoa bilan birinchi ligaga tushib ketgan. Birinchi ligada ham Umed klub bilan bir mavsum oʻtkazgan. 2003-yildan 2005-yilgacha u navbatma-navbat Vetnam va Oʻzbekistonning Shoʻrtan klublarida oʻynagan, biroq keyinchalik faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan. 2008-yilda katta futbolga qaytgan va bir necha yil Tojikistonning „Xoʻjand“ va „Istiqlol“ jamoalari tarkibida toʻp surgan. U 2012-yilda futboldagi faoliyatini butunlay yakunlagan.

Terma jamoadagi faoliyati



Umed Tojikiston terma jamoasidagi debyutini 2004-yil 10-iyunda 2006-yilgi Jahon chempionati saralashi doirasida Suriya terma jamoasiga qarshi bahda oʻtkazgan va oʻyinda toʻliq 90 daqiqa maydonda harakat qilgan.

Habibullayev terma jamoadagi ikkinchi va oxirgi oʻyinini oradan 7 yil oʻtib, 2011-yilning 6-sentyabrida KXDR terma jamoasiga qarshi bahsda oʻtkazgan va bu oʻyinda ham maydonda toʻliq 90 daqiqa harakat qilgan.

Yutuqlari



"Varzob"

"Xoʻjand"

"Istiqlol"

Shahsiy hayoti



Oʻgʻli Siyovush (2002-yilda tugʻilgan.) ham futbolchilik yoʻlini tanlagan. 2019-yildan boshlab u CSKA Moskva yoshlar jamoasi va 17 yoshgacha boʻlgan Rossiya terma jamoasi oʻyinchisi xisoblanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz