Umbarov Muzaffar
Umbarov Muzaffar Muhammadnazarovich (Muzaffar Muhammadnazar) — jurnalist, adib. Muzaffar 1973-yil 6-fevralda Toshkent shahrining ziyolilar oilasida tavallud topgan.Muzaffarning maʼlumoti oliy boʻlib, 1983—1987-yillarda „Musiqa va sanʼat maktabi“ni „Qashqar rubob“ yoʻnalishidagi mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan. U dastlab, 1990—1995-yillarda ToshDUning "Rus filologiyasi" fakultetida oʻqigan.
Hayoti va faoliyati
Ish faoliyatini 1990-yilda „Sirli olam“ jurnalida bo‘lim muharriri vazifasidan boshlaydi. „Sabo“, „Oila tilsimi“ „Ko‘ngil ko‘chalari“ nomli gazetalarda va „Hamshira“ jurnalida bo‘lim muharriri vazifalarida ham faoliyat yuritib kelgan.
Ayni vaqtda „Saodat“ jurnalida fotomuxbir, Toshkent shahar, Shayxontohur tumanidagi 186-umumiy o‘rta taʼlim maktabida ijodiy va madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi hamda Muzaffar.uz veb saytining bosh muharriri vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.
Nashrdagi kitoblari
Muzaffarning suhbatlari, maqolasi, hikoya va tarjimalari respublika nashrlarida chop etib chiqarilgan.
Bundan tashqari 2021-yili „Yangi asr avlodi“ nashriyotida „Yonayotgan tirik haykallar“ hamda 2022-yilda esa „So‘nggi manzil“ nomli kitoblari nashrdan chiqarilgan.
Muzaffar rus, tojik, turk va ingliz tillarini yaxshi bilganligi bois, juda yaxshi tarjima ham qila oladi.
Hayotiy hikoyalari
Muzaffar gazetaga bergan intervyusida hikoyalari borasida shaxsan oʻzi hikoyani shunday yoritgan edi:
— Yozganlarimning barchasi asl hayotdan olingan. Koʻrgan — kechirganlarim va guvohi boʻlgan voqealarni qalamga olganman. Chunki, kimdandir eahitganingizni yozsangiz, balkim u kimningdir asarini oʻqib, oʻz hayotidek qilib aytayotgandir va siz uni yozsangiz, koʻchirmachidek boʻlib qolishingiz hech gap emas, deya oʻz fikrini ochiq bayon etish bilan birga "Kotibaning kirdikorlari" nomli hiyoyasiga ham alohida toʻxtalib shunday deydi:
— Aytishadi-ku, har bir asarda muayyan maʼnoda muallifning tarjimai holi aks etgan boʻladi, deb. Qaysidir maʼnoda bu hikoya qahramoni oʻzimman, desam boʻladi. Tabiiyki, toʻla toʻkis holatda emas. Badiiy toʻqima ham bor.
Oʻquvchini ishontirish uchun, avvalo yozganlaringiz haqqoniyligiga oʻzingiz ishonishingiz kerak, deya chiroyli taʼrif bergan edi, yozuvchi.
Oltin meros medal mukofoti
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Teatr Arboblari uyushmasi hamda, O‘zbekiston „Adolat“ sosial-demokratik partiyalarining aʼzosi hisoblanadi.
Xalqaro tarzdagi "Oltin meros" xayriya jamoat fondi tomonidan „Ijtimoiy tarmoqlarda sanʼat va madaniyat targ‘ibotiga qo‘shib kelgan hissalari uchun“ Muzaffar "Oltin meros" medali bilan munosib tarzda taqdirlandi.
Manbalar
uz.wikipedia.org