Umaviylar xalifaligi




Umaviylar davrida poytaxt Damashq shahri boʻlib, Suriya xalifalikning markaziy viloyatiga aylanadi. Umaviylar boshqaruvi davrida xalifa lavozimi nasliy merosga aylantiriladi, davlat xazinasi hamda davlat arxivi tashkil etiladi, arab tili davlat tili deb eʼlon qilinadi. Xalifalikning Jabal at Tariq boshchiligidagi qoʻshini 711-714-yillari Pireney yarimorolidagi (hozirgi Ispaniya) Vesgot qirolligini boʻysundiradi.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz