Umaviylar
Umaviylar — Yaqin va Oʻrta Sharq, Movarounnahrda hukmronlik qilgan arab xalifalari sulolasi (661 — 750), arablarning Makkadagi quraysh qabilasining umayya urugʻidan kelib chiqishgan. Asoschisi — Muoviya I.
Davlat tuzulishi
Umaviylar davrida arablar gʻarbda Shimoliy Afrika, Pirenei yarim orolining katta qismi, sharqda Tabariston, Jurjon, Movarounnahr, Sind va boshqa hududlarni bosib olishgan. Muoviya 1 (661—680) va Abdulmalik davrida (685—705) davlatning harbiy, siyosiy, iqtisodiy qudratini oshiruvchi bir qancha maʼmuriy va harbiy islohotlar oʻtkazilgan. Hususan, halifa lavozimi nasliy boʻlib qolgan, davlat xazinasi va davlat arxivi tashkil etilgan, arab tili davlat tili deb eʼlon qilingan, yangi (oltin, kumush va mis) pul chiqarilgan, harbiydengiz floti tashkil etilgan. Umaviylar poytaxtni Damashq shahriga koʻchirganlar, shu tufayli bu halifalikni Damashq xalifaligi deb ham atashadi. Umaviylar davrida koʻplab qoʻzgʻolonlar (736—737 yillar Oʻrta Osiyodagi Xoris ibn Surayj, 731—740 yillalarda Marokashdagi barbarlar qoʻzgʻoloni, 742-yil Magʻribda xorijiylar qoʻzgʻoloni va boshqalar) boʻlgan.
Umaviylarning qulashi
747—750 yillalardagi Abu Muslim qoʻzgʻoloni natijasida halifa Marvon II taxtdan tushgan, hokimiyat abbosiylar qoʻliga oʻtgan.
Hukmdorlari
Manbalar
uz.wikipedia.org