Umarov Solih Husanovich




Solih Husanovich Umarov (1921.2.5 — Toshkent — 1995.23.12) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Toshkent pedagogika bilim yurtini (1938), kichik leytenantlar kursini (1941) tugatgan. Oʻqituvchilik qilgan va 1940-yildan armiya safida. 1-Belorussiya fronti, 47-armiyaning 76-oʻqchi diviziyasi, 80artilleriya polki batareya komandiri. Germaniyada Vilgelmshtadt aholi punktidagi (1945-yil 2—3.5) koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoni berilgan (1945-yil 31.5). Kapitan Umarov Minsk shahrining faxriy fuqarosi. Urushdan soʻng sanoat va xoʻjalikning turli sohalarida ishlagan. Toshkent shahridagi koʻchalardan biri uning nomi bilan ataladi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz