Umarali Mamadali
Umarali Mamadali — 43 yoshda, Uchqo‘rg‘on rayoni Qizilquloq qishlog‘idan, qirg‘iz, ruhoniy, savdogar oiladan. 1932-yili bosmachilar to‘dasida qatnashgan, qamoqqa olingunga qadar “Ikromov” nomli kolxozda kolxozchi bo‘lib ishlagan. Dushmanlik kayfiyatida bo‘lib aksilinqilobiy va ruhoniy unsurlarni tashkil qilib 1936-yil iyulida o‘z uyida bir qator nolegal kengashlar o‘tkazib, ularda sovet hokimiyatini ag‘darish va qurolli qo‘zg‘olon tashkil etishni tayyorlash masalalarini muhokama qilishda ishtirok etganlikda, chiqishlarda sobiq quloqlarni tashkil etishga kirishish,
qurol va g‘alla zahirasini tayyorlash zarurligi haqida fikrlar aytganlikda ayblangan. “Uchlik” Mamadali Umarovni otuvga, mol-mulkini musodara etishga hukm qilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org