Umar Xayyom mayni targ'ib qilgan...mi?



Umar Xayyom ruboiylari deb atalmish she’riy asarlar haqida keng miqyosda gapira boshlandi. Bu ruboiylar dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilindi. Hamma joylarda o‘qila boshlandi. U ruboiylarga mashhur bastakorlar kuy bastalab, xonandalar qo‘shiq qilib aytishdi. Mazkur ruboiylarning odamlarning o‘ziga rom qilishining asosiy sababi, ulardagi mayxo‘rlikning madh etish va unga da’vat kilish, hayotlik chog‘ida maza kilib, iloji boricha lazzatlardan bahramand bo‘lish, bu borada hech kimga, hech narsaga etibor bermaslik kabi narsalar edi. 

Adabiy asarlar xalq ommasiga katta ta’sir o‘tkazishi hammaga ma’lum. Ularning asosiy vazifasi – insonlarning ma’naviy dunyosini boyitishdan iborat. Darhaqiqat, adabiyot kishilarga yuksak insoniy qadriyatlar, axloq-odob, yaxshi sifatlarni shakllantirishi, borlarini rivojlantirishi kabi ezgu niyat va ishlarga xizmat qilmog‘i darkor. Islomiy adabiyot aynan ana shu maqsadlarga xizmat kilishi ila boshkalaridan yaqqol ajralib turadi. Ammo, hamma sohalarda buzg‘unchilik bo‘lganidek, ba’zi insonlar adabiyotdan mazkur oliy qadriyatlarga erishish yo‘lida emas, balki odobsizlik, fahsh ishlar, daxriylik va hokazolarga foydalanishga urinib, buzg‘unchilik qilganlar va qilmoqdalar. Musulmon dunyosi o‘zining buyuk shoirlari bilan ham mashhurdir. Odatda, mazkur shoirlar o‘zlarining yuksak ma’naviy asarlari bilan dong taratganlar. Dunyoda musulmon shoirlar haqida so‘z ketganda, purhikmat, insonni yuksak axloqiy va ma’naviy cho‘qqilarga chorlovchi she’riy asarlar haqida so‘z ketishini hamma tushunib qolgan. Ammo, bazi hollarda adabiy dunyoda islomiy adabiyot haqidagi tasavvur buzildi. Hamma Umar Xayyom ruboiylari, deb atalmish she’riy asarlar haqida keng miqyosda gapira boshladi. Bu ruboiylar dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilindi. Xamma joylarda o‘qila boshlandi. U ruboiylarga mashhur bastakorlar kuy bastalab, xonandalar qo‘shiq qilib aytishdi. Mazkur ruboiylarning odamlarning o‘ziga rom qilishining asosiy sababi, ulardagi mayxo‘rlikning madh etish va unga da’vat kilish, hayotlik chog‘ida maza kilib, iloji boricha lazzatlardan bahramand bo‘lish, bu borada hech kimga, hech narsaga etibor bermaslik kabi narsalar edi. Shu bilan birga, bu ruboiylarda kufr, daxriylik va bir qancha buzuk mazhablar mafkurasi xam o‘z o‘rnini olgan edi. Mazkur mafkuraga berilgan va ayshu-ishrat, mayxo‘rlikka moyil kishilar Umar Xayyomdek katta ustoz topganlaridan xursand bo‘lib, uning shuhratini o‘z maqsadlari yo‘lida ishlatishar edi. Bu beodoblikka qarshilar esa Umar Xayyomni kofir, daxriy, botiniy, shariatini oyoq osti qiluvchi, deb fatvo chiqarishardi. Uchinchi bir toifa esa, Umar Xayyomdek odam bunchalikka bormaydi, u so‘fiylik mazhabida ekan, yozgan she’rlari ramziy, buni tushinish uchun alohida tayorgarlik kerak, deyishardi. Ammo bu fikrga hech kim etibor bermas, hamma Islom dini belgilagan chegaradan chiqqan shoir topib olganidan xursand bo‘lib, uni ko‘klarga ko‘tarib maqtash bilan birga, Umar Xayyom ruboiyoti deb nomlangan asarlarni keng tarqatishga, ulardagi chaqiriqlarga amal qilishga oshiqardi. Shu bilan birga, islomiy odob-axloq doiralari parchalanib borar edi. Ruboiyot eski sovet imperiyasiga xam keng targ‘ib qilindi. Qayta-qayta chop etildi. Chunki, bu jamiyat dunyodagi eng aroqxo‘r jamiyat edi. Ruboiylardagi mayxo‘rlik mavzusi ularga juda yoqardi. Shunday qilib, aroqxo‘r jamiyatning, eng aroqxo‘r shoirlari Umar Xayyom ruboiyoti, deb atalmish asarlarni turli tillarga, jumladan, o‘zbek tiliga ham tarjima kilishdi. Hech kim bu ruboiylar haqida jiddiy o‘ylamas, ilmiy asosda bahs qilishni xayoliga ham keltirmas edi. Ammo, vakti yetib ana shunday inson ham topildi. Bu inson bizning ulug‘ vatandoshimiz, Alloma Abu Nasr Mubashshir Taroziy edilar. U kishi birinchi bo‘lib bu ruboiyot Umar Xayyomniki emas, balki boshqalar tomonidan to‘qilib, u kishiga nisbat berilgan, deb chiqdilar va bu fikrni "Kashful lisom ar ruboiyyati Umarul Xayyom" ya’ni, "Umar Xayyom ruboiylaridan pardani ochish" nomli arab tilida yozilgan kitoblarida ilmiy asosda bayon qilib berdilar. Alloma Taroziy bu kitobini 1375 h.s. 13 jumadus soni – 1956 m. sana 26 yanvar, payshanba kunida yozib bitirganlar. U kishi Umar Xayyom haqida, avval aytilgan fikrlarga e’tibor bermay, uning hayoti va faoliyatini avval boshdan, asosiy va haqiqiy manbalardan o‘rganib chiqib, Umar Xayyomni Mashhur qilgan ruboiylar uniki emasligini isbot qilganlar. Abul Fath G’iyosiddin Umar ibn Ibrohim Xayyom Niysaburiy bilan ham asr, xam dars bo‘lgan va undan keyin yashagan barcha tarixchi va olimlarning, jumladan, uning shogirdi Abu Hasan Ahmad ibn Umar ibn Ali an- Nizomiy al-Aruziy Samarqandiy o‘zining "Chor maqola", Shamsuddin Muhammad ibn Mahmud Shahrzuriy "Nazhatul arvoh va ravzatul afroh" asarida, Zahriddin Bayhaqiy "Hukomoul Islom" kitobida yozib qoldirishlaricha, u kishining taqvo bilan yashab, oqibati yaxshi hayot o‘tkazganlari, ulug‘ va mo‘‘tabar bir inson ekanligi ta’kidlagan. Umar Xayyom katta ilm egasi, falakiyot, riyoziyot, tib kabi ilmlarda o‘z zamonasining peshqadami bo‘lgan. Mashhur ingliz tarixchisi Gibon va nemis olimi Karl Brokelmanlar Umar Xayyom tuzgan taqvim-kalendar hozirgi amaldagi Georgiy kalendaridan afzal ekanini tan olishgan. Shuningdek, boshqa ilmlarda ham Umar Xayyom nodir asarlar yaratgan. "Kashful lisom" kitobi mualifi Alloma Taroziy hazratlari yuqorida zikr etilgan dalillarni o‘z kitoblarida aniq hujjatlar bilan isbotlab keltiradilar. U kishi shu bilan birga, Umar Xayyom hayoti va ijodi haqida ma’lumot bergan, unga asrdosh keyingi vaqtda yashagan olimlardan birortasi uning shoir bo‘lganligi, ruboiylar yozganini zikr qilishmaganini ham, mazkur noma’lum ruboiyot Umar Xayyomniki emasligiga dalil etib keltiradilar. Alloma Taroziyning fikricha, Umar Xayyom bo‘sh vaqtlarida ko‘ngil yozish uchun she’r mashq qilib ko‘rgan bo‘lishi mumkin, lekin asosiy ishi shoirlik bo‘lmagan. Taroziy hazratlari mazkur ruboiyot Umar Xayyomniki emasligiga yana boshqa dalillar keltiradilar. Umar Xayyom o‘z davrlarining eng mashhur kishilaridan bo‘lgan, podshohlar, amirlar, ulamolar, fuzalolar bilan doimo birga bo‘lgan, agar unga nisbatan berilayotgan ruboiylarga o‘xshash biror narsa yozgan bo‘lsa, darhol hammaga mashhur bo‘lardi. Islomga g‘ayratli kishilar esa, buni e’tiborsiz qoldirmasdan, raddiya berar edilar. Holbuki, Aruziy Samarqandiy, Allomaiy Zamahshariy, Qozi Nasaviy, Imom Abu Hasan al-G’azzoliy va xususan, Hujjatul Islom Imom Abu Xomid G’azzoliy kabi kishilar Islomga futur yetkazadigan har bir fikrni qattiq tanqid ostiga olishlari bilan mashhurlar. Ular Umar Xayyom bilan birga yashab, munosabatda bo‘lganlar va u kishi haqida faqat yaxshi gaplarni aytganlar. Alloma Taroziy hazratlari Umar Xayyomning pokligini, ruboiyot unga nisbatan tuhmat ekanligini isbotlash uchun yana bir kuchli dalil keltiradilar. Umar Xayyomning haqiqiy fikri, falsafasi va aytgan gaplarini ishonchli manbalardan keltirib, ular ruboiylarda kelgan fikrga tamomila zid, balki sof islomiy fikrlar ekanini isbot qiladilar. Tabiiyki, "unday bo‘lsa, qanday qilib Umar Xayyom shoir sifatida tanilib, ruboiyoti butun dunyoga mashhur bo‘lib ketgan?" degan savol paydo bo‘ladi. Bu savolga Alloma Taroziy o‘z kitoblarida javob beradilar. U kishining yozishlaricha, Umar Xayyom haqida birinchi bo‘lib ingliz olimi, Oksford dorulfununining ustozi Tomas Gayd 1700 m.s. keyinroq Fon Gomer Birgestel va Meme Nikoloslar yozadilar.

1856 m. sanada ingliz shoiri Edvard Fits Jerald yetmishta ruboiyni tarjima etib, nashr qilinganidan so‘ng, bir qancha omillar sababli, hammaga mashhur bo‘lib ketdi. Jerald bu tarjima haqida o‘z ustozi Govlga yozgan maktubida, "men bu ruboyilarni o‘z aslidek tajrima qilmadim, ba’zi juziyotlarini saqlab qolgan holda, bir-biriga aralashtirib o‘zgartirdim", deb ta’kidlaganini ham Alloma Taroziy keltirdilar. Bu tarjimaga g‘arbda shunday axamiyat berildi-ki, u barcha yurtlarda qayta-qayta chop etildi. U ruboiyotning asli deb qabul qilindi. So‘ngra arab, urdu, turk va boshka sharq tillariga ham inglizchadan tarjima qilindi. G’arbda "Umar Xayyom klublari" tuzildi. Ruboiy o‘qib, may ichish yo‘lga qo‘yildi.Tarjimon Jerald vafot etganida, Umar Xayyom g‘abri ustida o‘sayotgan guldan ko‘chirib borib, uning g‘abriga ekishdi va g‘abr toshiga minnatdorchilik so‘zlari yozishdi. G’arbning sharqdagi dumlari bu borada o‘z ustozlaridan ham o‘tib ketishdi. Ruboiylar dinsizlik, aroqxo‘rlik, fahsh ishlar shiori bo‘lib qoldi. "Kashful lisom" kitobi muallifining ta’kidlashicha, bu odamlarni, xususan, musulmon yoshlarni Islomdan uzoqlashtirish uchun g‘arbda o‘ylab chiqilgan o‘yin edi. Agar g‘arbliklar haqiqatda, beg‘araz ravishda sharq she’riyati bilan qiziqmoqchi ekanlar, nima uchun Firdavsiy, Farididdin Attor, Hofiz Sheroziy va boshqa sharq-fors adabiyotining ulug‘ namoyondalari ijodi bilan qiziqmadilar. Aynan, aslining tayini yo‘q ruboiylarni topib, Umar Xayyomdek mo‘tabar insonga nisbat berib, so‘ngra uni tashviqot qiladilar. Umar Xayyom ularga nima uchun kerak bo‘lib qoldi? Ma’lumki, g‘arblik sharqshunoslar Islomga zarba berish uchun har bir qulay fursatdan unumli foydalanib keladilar. Ular Umar Xayyomdek aniq fanlarning ulug‘ vakili, o‘zi musulmon sanalsa ham, Islomga uning aqidalariga qarshi chiqqan, deyish uchun shunday qilganlar. Oddiy odamlarga o‘xshash ko‘r-ko‘rona e’tiqod qilmagani uchun, ilm sohibi bo‘lganidan shunday qilgan, deb kishilarni ishontirishga uringanlar hamda Islomga ilmsiz, besavod kishilargina ishonadi, degan fikrni shu yo‘l bilan olg‘a surishgan. Shuning uchun xam Xayyomni ulug‘ olim deyishganu, ilmiy asarlarini chop etmasdan, unga yolg‘ondan nisbat berilgan ruboiylarni esa rivojlantirganlar, hatto bilim yurtlarida darslik qilib o‘tishgan. Bu ham Islomga qarshi kurashning eng makkorona uslublaridan biri ekanligini ko‘rib turibmiz. "G’arbliklar mazkur ruboiylarni qaerdan olishdi?" degan savolga javob tariqasida Alloma Taroziy ko‘plab ma’lumotlarni keltiradilar. Avvalo, ruboiylarning soni haqida aniq bir fikr yo‘qligini aytib, ularni o‘n bitta degandan tortib, to ming ikki yuz va undan ham ko‘p, degan so‘zlarni bir-bir keltiradilar. So‘ngra Umar ibn Ibrohim Niysaburiyga zamondosh va u kishining hayoti haqida malumot to‘plagan olimlarning asarlaridan iqtiboslar keltirib, Umar Xayyom aslida Umar Xayomiy ekanligi, Xayyom esa, Alouddin Ali ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Xalof al-Xurosoniy nomli fors shoirining laqabi ekanligini ta’kidlaydilar. Xuddi shu joyda almashtirish bo‘lgan bo‘lsa kerak, deydilar. Umar Xayyom o‘z davrida botiniylarga qarshi qattiq kurash olib borgan hukmdor Nizomul mulkning yaqin do‘sti edi. Ushbu e’tibordan botiniylar undan o‘ch olish maqsadida turli ruboiylarni yozib, Umar Niysaburiyga nisbat bergan bo‘lishlari mumkin, deydilar. Bu fikrning dalili sifatida, ruboiylarning eng qadimiy qo‘lyozmasini nashr qilayotganlarning o‘zlari tan olishlaricha, Umar Xayyomning vafotidan so‘ng uch yuz ellik yil keyin yozilgan ekanini eslatib o‘tadilar. Demak, g‘arblik sharqshunoslar,siyosatning ajralmas bir kismi sifatida madaniy mustamlaka bobida, aslining tayini yo‘q ruboiylarni olib, Umar Xayyomga nisbat berib kishilarni Islomdan uzoqlashtirish, fisqu fasodga boshlashga uringanlar. Hozirgi kunda Britaniya kutubxonasi muzeyida Jerald tarjimasini 153 xil chop etilgan nusxalari qo‘yilgani xam ularning bu ishga qanchalik axamiyat berganlarini ko‘rsatib turibdi. Ana shunday bir paytda Alloma Taroziy hazratlari "Kashful lisom ar ruboiyyat Umarul Xayyom" kitobini yozib chiqishlari o‘sha davrdagi jamoatchilik fikri, olim va shoirlar, tarixchilar, sharqshunoslar, qolaversa, madaniy mustamlakachilik siyosatiga qarshi katta inqilob edi. Muallifning o‘g‘illari doktor Abdulloh Mubashshir Taroziyning aytishlaricha, otalari bu kitobni yozishdan oldin Qohiradagi ilmiy anjumanlardan birida xuddi shu mavzuda ma’ruza qilganlar. U kishi gaplarini tugatganda, hamma jim turavergan. Chunki, ma’ruzachini qo‘llaylik desalar, u hozirgacha bo‘lgan gaplarga butunlay teskari gaplarni aytdi. Tanqid qilaylik desalar, hujjatlari shunchalik kuchliki, unga qarshi og‘iz ochib bo‘lmaydi. Faqat boshka yerda qilingan ikkinchi ma’ruzadan keyingina, Alloma Taroziyni qo‘llay boshladilar va u kishidan bu borada kitob ta’lif qilishini iltimos qilishgan. Alloma Taroziy kitoblarining nashr etilishi Islom olami madaniy hayotida katta voqeaga aylandi. Ko‘pchilik u kishini qo‘llab kitoblar, makolalar yozdi. Eronlik mashhur adabiy tanqidchi olim Ali Dashtiy, Ustoz Said al-Omudiy, Ustoz Anvar Jundiy, Ustoz Abdullatif al-Javhariy va boshqalar shular jumlasidandir. Ba’zi olimlar Alloma Taroziyning "Kashful lisom ar ruboiyyat Umarul Xayyom" kitobini yangi asrdagi islomiy uyg‘onishga sabab bo‘lgan o‘ttiz kitobning biri, deb hisoblaydilar. Ilmiy tajribalar xam Alloma Taroziyni qo‘llab chiqdi. Qohirada chiqadigan "al-Ahrom" ro‘znomasi o‘zining 1978 y. 6 dekabr sonida: "Londondagi Umar Xayyom ruboiyoti qo‘lyozmasi soxta ekan" degan xabar bosib chiqdi. Xabarda quyidagilar bayon qilinadi: "Ilmiy tekshirishlar Londondagi Kembridj dorulfununida saqlanayotgan Umar Xayyom ruboiyoti deyilgan qo‘lyozmalar soxta ekanligini isbotladi. Bu qo‘lyozmalar 1200 m. sanada yozilgan, deb e’lon qilinar edi. U ko‘p yillardan beri ilmiy izlanishlarga asos hisoblanardi. Endi esa, faqat yuz yil avval yozilganligi ma’lum bo‘ldi. Kembridj dorulfununi bu qo‘lyozmalarni ularni Erondan topgan marhum ustoz Artur Arbortisdan sotib olgan edi". Ehtimol, ushbu ilmiy tekshirish va e’longa ham Alloma Taroziyning kitoblari sabab bo‘lgandir. Shu joyda "har bir narsada aniqlik bo‘lishini da’vo kiladigan g‘arbliklar, ushbu ruboiyotni nashr qilib, shov-shuv ko‘tarishdan oldin tekshirishsa bo‘lmasmidi?" degan savol paydo bo‘lar. Yo‘q. Ular aniqlik ham fakat o‘z foydalariga bo‘lishini xohlaydilar. Jukovskiy boshliq rus sharqshunoslari, keyinroq sovet sharqshunoslari, shoirlari ham ushbu yolg‘onga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar. Lekin yolg‘on fosh bo‘lganidan keyin, o‘z odatlaricha, uni e’tirof etganlari, xalqka haqiqatni yetkazganlari yo‘q. Shuningdek, Turkistonda, xususan, O’zbekistonda ham qayta-qayta, rangli bezaklar bilan chop etilgan, qo‘shiq qilib kuylangan bu yolg‘on ruboiylar uchun xalqdan uzr so‘rash, unga haqiqatni yetkazish vaqti kelmadimikan? Ilm omonat narsa, unga xiyonat kilmaslik zarur.



Uzpedia.uz