Umar ibn Muhammad Bastomiy




Umar ibn Muhammad Bastomiy  — (1082 — yilda tug‘ilib, 1167 — yilda vafot etgan) muhaddis va shayx, imom bo‘lgan.

Abu Shujoʻ Umar ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Nasar Bastomiy Balxiy 1082—yilda tavallud topganman", — degan. „Rogʻum“ masjidining imomi boʻlgan. Otasi hamda Abulqosim Ahmad ibn Muhammad Xaliliy, Ibrohim ibn Muhammad Asbahoniy va Abu Jaʼfar Muhammad ibn Husayn Siminjoniydan hadis eshitgan. Siminjoniyning huzurida faqih bo‘lib yetishgan. Ilmga chanqoq, qomusiy olim boʻlgan.
Samʼoniy aytgan: "U kishi oʻta goʻzal axloqli, malohatli, fatvo beruvchi, fiqhiy masalalarni hal qiluvchi, muhaddis, mufassir, voiz, adib, shoir, hisobdon edilar. Shu bilan birga fazilatli, koʻrkam, xulqlari yoqimli, omonatdor hamsuhbat, ichki va tashqi dunyolari pokiza, suhbatlari latif, iboralari fasohatli, ishoralari nozik, vaʼzlarida latif iboralar va koʻp foydalar bor edi. Yoshlari katta boʻlsa-da, hadis va ilm talabida bardavom edilar. Har bir kishining ijobiy xislatlaridan ibrat olardilar. Men u kishidan Marv, Hirot, Buxoro va Samarqandda hadis yozib olganman. U kishi ham mendan koʻp narsa yozib olganlar. Xatib Bagʻdodiyning „Tarix“ kitoblariga yozgan hoshiya va qoʻshimchalarim u kishining qoʻllariga tushibdi. U kishi shuni oʻqib, Balxdan menga javob yoʻlladilar:
Umar ibn Muhammad Bastomiy Haysam Shoshiyning „Musnad“ini, Ibn Qutaybaning „Gʻaribu-l-hadis“ini va „Ash-shamoil“ kitoblarini Xaliliydan eshitganlar. Bemor va uni ziyorat qiluvchining odobiga oid kitob yozgan.
Samʼoniy boshqa bir oʻrinda aytgan: „Mukammal taqvodorlik bilan birga, bunchalar koʻp fazilat jamlagan bu kishidan boshqa odamni bilmayman“.
Umar ibn Muhammad Bastomiy yana Abu Homid Ahmad ibn Muhammad Shujoʻiy, Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad Mohoniy, qozi Abdurrahmon ibn Abdurahimdan hadis eshitganlar.
Umar ibn Muhammad Bastomiydan Samʼoniy, oʻgʻli Abul-muzaffar, shuningdek, Abulfaraj ibn Javziy, Iftixor Abdulmuttolib Hoshimiy, Toj Kindiy, Abu Ahmad ibn Sukayna, Abulfath Mandoiy, Abu Ravh Abdulmuʼiz Haraviy va boshqa hadis rivoyat qilgan.
Faqih Ali ibn Mahmuvayh Yazdiy aytgan: „Shayxlar orasida Abu Shujoʻdek aqli raso, ilmli, latif va serharakat shayxni koʻrmadim“.
1167—yilda Balxda vafot etgan. Balxning muhaddisi va musnidi boʻlgan. Ibn Najjor aytgan: „Bastomiy rabiʼul oxir oyida vafot etdilar“.

Adabiyotlar




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz