Umar al-Bashir




Umar Hasan Ahmad al-Bashir (arabcha: عمر حسن أحمد البشير, tavalludi: 1-yanvar, 1944), Sudan Prezidenti hamda Sudan Milliy Kongress firqasi raisi (1993-2019). Hukumat tepasiga 1989-yilgi toʻntarilish natijasida kelgan, bungacha u Sudan Qurolli Kuchlari polkovnigi edi. 2019-yilda harbiy toʻntarish natijasida hokimiyatdan agʻdarilgan va uy qamogʻiga tashlangan.

Umar al-Bashir hukumati 2004-yili Janubiy Sudanga muxtoriyat berib, XX asr ikkinchi yarmining eng qonli urushlaridan biri boʻlmish Sudandagi ikkinchi fuqarolar urushini yakunlashga muvaffaq boʻldi. Biroq al-Bashir hukumati Darfur ziddiyati va unda 200 000 dan 400 000 gacha odam oʻlimiga olib kelgan qatliom uchun masʼul koʻrilib, qatʼiy tanqid qilinmoqda. Ish hatto Xalqaro jinoiy mahkamasi (XJM) tomonidan al-Bashirni hibsga olish haqida qaror chiqarilishiga olib keldi (4-mart, 2009), 2019-yil 14-dekabrda sud hukmi bilan umrbod axloq tuzatish ishlariga hukm qilindi. 2020-yil 24-mayda unga tegishli 4 milliard dollar musodara qilindi

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz