Umar afandi masjidi




Umar Afandi masjidi (ozarbayjoncha: Ömər Əfəndi məscidi) – Ozarbayjonning Shaki shahrida joylashgan XIX asrga oid tarixiy va meʼmoriy yodgorlik.

Tarixi



XIX asrda qurilgan Umar afandi masjidi bugungi kungacha oʻzining asl qiyofasini saqlab qolgan masjidlardan biri hisoblanadi. Sovet istilosidan keyin masjid binosidan ombor sifatida foydalanilgan. 1950-yildan soʻng esa oʻz faoliyatini qayta tiklay boshlagan. 1986-yilda tabiiy ofat natijasida Umar afandi masjidi yonib ketgan. 1987-yilda Shaki Juma masjidi imom-xatibi Hoji Salim afandi tashabbusi hamda mahalliy aholining xayr-ehsonlari bilan masjid taʼmirlanib, qayta tiklangan.

Shaki shahridagi Umar Afandi masjidining diniy jamoasi Ozarbayjon Respublikasi Diniy birlashmalar bilan ishlash davlat qoʻmitasi tomonidan rasman roʻyxatga olingan.

Tavsifi va arxitekturasi



Umar afandi masjidi toʻrtburchak shaklda qurilgan. Fasaddagi gʻishtli karniz, shuningdek, derazalar orasidagi devorlar biroz chiqib turuvchi yupqa naqshlar bilan bezatilgan boʻlib, binoning meʼmoriy koʻrinishini yanada yaxshilaydi.

Masjidning maydoni 105 m, qoʻshni uchastkaning hududi 525 m ni tashkil qiladi. Masjid qurilishida tosh, pishgan gʻisht kabi mahalliy qurilish materiallaridan foydalanilgan. Tomi temir shifer bilan qoplangan, pol va shifti yogʻochdan qilingan.

Masjidning kirish eshigi oldida ochiq balkon bor. Namozxonlar masjid hovlisida joylashgan hovuzda tahorat olib, soʻng keng va yorugʻ zalga kirib namoz oʻqishlari mumkin. Asosiy namoz zalida 14 ta deraza mavjud. Ushbu namozxonaning old tomonida undan ham kattaroq namoz oʻqish zali joylashgan boʻlib, umumiy maydoni 80 m ni tashkil etadi, shundan 45 m maydon ayollarga berilgan, qolgan qismi esa yoʻlak sifatida ishlatiladi.

Masjid minbari yogʻochdan yasalgan boʻlib, qoʻlda yasalgan nafis naqshlar bilan bezatilgan. Gulli bezaklar bilan ishlov berilgan mehrobning balandligi 3 metrni tashkil qiladi.

Masjidning pishgan gʻishtdan qurilgan minorasi yumaloq shaklga ega, balandligi 14 m. Masjidning bosh majmuasiga kiruvchi minoraning gʻishtdan ishlangan naqshlari masjid hunarmandlarining qanchalar mahoratli boʻlganligini koʻrsatib beradi.

Galereya




Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz