Umar
Umar Ibn Al-Xattob Al-Foruq (
Umar ibn Xattob ) (arabcha:
عمر بن الخطاب ; oʻqilishi: ʼOmar ibn al-Xattāb; taxminan 584-yil — 644-yil) — dastlabki toʻrt xalifadan ikkinchisi (hukmronlik yillari 634—644), jannat bashorati berilgan 10 ta sahobalardan biri. Shuningdek, Buyuk Umar nomi bilan ham mashhur. Asli Quraysh qabilasining Banu Adi sulolasidan. „Xulafa ur-Roshidun“ („Toʻgʻri yoʻldagi xalifalar“) nomini olgan xalifalardan biri. Islomni taxminan 616-yili qabul qilgan. Muhammadning yaqin safdoshlaridan biri, u olib borgan barcha janglarda qatnashgan. Abu Bakr oʻlimidan avval Umarni oʻz oʻrniga tavsiya etgan. Umarning xalifalik davrida islom Iroq, Suriya, Misr, Liviyaga tarqaldi. Eron hududlari xalifalikka qoʻshildi. Arab-musulmon saltanati tarkib topa boshladi. Uning davrida barcha asosiy maʼmuriy-huquqiy muassasalar, avvalo soliq-oʻlpon tizimi tuzildi. Musulmonlar jamoasi tez orada ruhoniylar idora etadigan davlatga aylandi. Bu hol Umar xalifa unvoniga birinchi boʻlib qoʻshimcha amir al-moʻminin (moʻminlar hukmdori) unvonini qabul qilishida ham ifodalandi. Umar yangi musulmon yil hisobi — hijriy yil taqvimini joriy etdi. Sunniylar tarixiy anʼanasida Umar risoladagidek hukmdor, yaʼni taqvodor, musulmonlarga nisbatan adolatli, dushmanlarga beshafqat inson sifatida taʼriflanadi. Uning davri islomning „oltin asri“ deb ulugʻlanadi. Umar Muhammadning Madinadagi qabri yoniga dafn etilgan.Umar ibn Hattobdan soʻng Usman ibn Affon moʻminlarga amir boʻladi
Nasablari va dastlabki hayotlari
Nabiy sollalohu alayhi vasallam: "Albatta Alloh haqni Umarning tilida va dilida qilgandir", dedilar". Termiziy rivoyat qilgan.
U kishing to'liq ismlari Umar ibn Xattob ibn Nufayl ibn Abdul Uzzo ibn Riyoh ibn Abdulloh ibn Qurt ibn Razah ibn Adiy ibn Ka'b ibn Lu'ay al-Qarashiy al-adaviydir. U kishi o'zlarining yettinchi bobolarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning nasablari ila tutashadilar.
Umar ibn Xattob rodiyallohu anhu kuchli va shiddatli bo'lganliklari uchun Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam u kishiga Abu Hafs degan kunya berganlar. Bu "Sherning otasi" degan ma'noni anglatadi. U kishiga Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam yana Foruq, ya'ni "Haq ila botilni ajratuvchi" degan laqabni ham berganlar. Bizning xalqimiz orasida u kishi Umari Odil nomi bilan mashhurdirlar. Umar ibn Xattob Pay'gambarimiz (s.a.v) dan 13 yosh kichik bo'lganlar.
U kishining otalari - Xattob ibn Nufayl. Onalari Xantama binti Hoshim ibn al-Mug'iyra al Maxzumiya bo'lib, u kishi Xolid ibn Valid rodiyallohu anhuning amakilarining qizlari bo'lgan. Umar ibn Xattob johiliyat davrida Qurayshning ashroflaridan hisoblanib, ularga elchilik vazifasi topshirilgan edi. Orada urush chiqib qolsa u kishi elchilik qilar edilar.
Hazrati Umarning sifatlari
Roviylar bizga Umar rodiyallohu anhuning tana tuzilishlari haqida ham ma'lumotlar qoldirganlar. Umar rodiyallohu anhu novcha, jussador, kal, oppoq, ikki yanoqlari qizil odam bo'lgan ekanlar.
Hazrati Umarning islomga kelishlari
Johiliyat jamiyat ruhida o'sgan Hazrati Umar islom yangi paydo bo'lganida, unga qattiq qarshilik ko'rsatganlardan biri edilar. Lekin u kishing sof tabiatlari o'zini ko'rsatishi turgan gap edi. Buning ustiga Payg'ambar (s.a.v) duolari qabul bo'ldi.
Ibn Umar rodiyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollollohu alayhi vasallam:
"Allohim! Islomni o'zingga mahbub bo'lgan ushbu ikki odamning - Abu Jahl yoki Umar ibn Xattobning biri bilan aziz qilgin!" dedilar. Bas, u zotga ikkisidan mahbubi Umar edi. Ertasiga, Umar Rasullulloh (s.a.v) ning oldilariga kelib musulmon bo'ldi". Termiziy rivoyat qilgan
Xalifa sifatida ish boshlashlari
Umar ibn Xattob rodiyallohu anhuga 13-hijriy sana jumadul oxir oyining 8 kuni qolganda, seshanba kuni bay'at qilinadi. U kishining xalifa sifatida qilgan birinchi ishlari shomdagi islom lashkarlariga Abu Bakr Siddiq rodiyallohu anhuning vafotlari haqidagi xabar hamda Xolid ibn Valid rodiyallohu anhuni lashkarboshilikdan bo'shatib, o'rniga Abu Ubayda ibn Jarroh rodiyallohu anhuning tayin qilinganligi haqida xabar yuborish bo'ldi. Bu xabar yetib borganda, musulmon fotixlar Yarmukda Xolid ibn Valid rodiyallohu anhuning qo'mondonliklari ostida rumliklar bilan katta jangga kirish arafasida turgan edilar. Shuning uchun Xolid ibn Valid (r.a) ham, Abu Ubayda ibn Jarroh (r.a) ham ushbu xabarni odamlarga jangdan keyin aytishga qaror qildilar. Jang musulmonlarning zafari bilan yakunlanadigan keyingina ularga xabarni aytdilar. Bu amrga binoan Xolid ibn Valid (r.a) bosh lashkarboshilikdan guruh lashkarboshiligiga tushirilgan edilar. U kishi hech narsa bo'lmagandek, o'z faoliyatlarini davom ettiraverdilar.
Manbalar
uz.wikipedia.org