Ulysses (roman)
„Uliss“ — irlandiyalik yozuvchi James Joyce qalamiga mansub modernistik janrdagi roman. Dastlab, bu roman 1918-yil martdan 1920-yil dekabrgacha Amerikaning The Little Review jurnalida chop etilgan, soʻngra 1922-yil 2-fevralda, yaʼni Joyce 40 yoshga kirganida, Sylvia Beach tomonidan Parijda toʻliq versiyada chop etilgan. U modernist adabiyotning eng muhim asarlaridan biri sanaladi hamda „butun harakatni namoyish qilish va yigʻish“ deb nomlangan. Declan Kiberdning soʻzlariga koʻra, „Joycedan avval bironta ham yozuvchi, fikrlash jarayoni haqidagi fikrlarni ilgari surmagan“.
Bu roman asosida 1967-yilda shu nomli film suratga olingan. Bu film rejissori — Joseph Strick boʻlib, filmda Milo O'Shea Bloom sifatida rol oʻynagan. Shuningdek, ushbu film Eng yaxshi ssenariy nominatsiyasi boʻyicha Oscar (Akademiya) mukofotiga loyiq topilgandir.
Manbalar
Qoʻshimcha maʼlumotlar
Havolalar
uz.wikipedia.org