Улуу Араб долгуйуута




Arab bahori (arabcha: الثورات العربية, al-Thawrāt al-ʻArabiyyah) 2010-yil oxirida arab dunyosida boshlangan qator norozilik namoyishlariga berilgan nomdir. Ular Tunis, Misr, Yaman, Jazoir, Iordaniya, Mavritaniya, Saudiya Arabistoni, Ummon, Sudan, Siriya, Liviya hamda Marokash kabi mamlakatlarni qamrab oldi. Eʼtirozlar inqilob deya baholanmoqda.

Eʼtirozlar 2010-yil 18-dekabrida Tunisda, Muhammad Buazizining politsiya poraxoʻrligi va qattiqqoʻlligiga achchiq qilib oʻzini yoqib yuborishidan boshlanib ketdi. Tunis toʻntarilishi muvaffaqiyati va mintaqadagi oʻxshash vaziyatlar tufayli, namoyishlar toʻlqini qoʻshni mamlakatlarga oʻtdi, jumladan eʼtirozlar Jazoir, Iordaniya, Misr va Yamanda davom etdi, nisbatan kichik miqyosda boshqa arab mamlakatlari ham voqealar silsilasiga tushdi. Koʻpgina vaziyatlarda eʼtirozli kunlar "jahl kunlari", deb ataldi.

Eʼtirozlar natijasida birinchi boʻlib oʻzgargan hukumat Tunisniki boʻldi: sobiq Prezident Zayn al-Abidin ibn Ali Saudiya Arabistoniga qochdi. Keyingi katta eʼtirozlar Misrda 2011-yil 25-yanvarida boshlandi. Toʻrt kunlik namoyishlardan soʻng Prezident Husni Muborak islohotlar oʻtkazishga vaʼda berdi, biroq lavozimidan kechish niyatini bildirmadi. Bundan keyin davom etgan namoyishlardan soʻng Muborak 30 yillik mansabini boshqa egallamasligini, sentabrda boʻlib oʻtadigan saylovlardan soʻng isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi. Bu paytda Iordaniya qiroli Abdulla II bosh vazirni almashtirdi, Yaman Prezident Ali Abdulloh Solih esa keyingi saylovlarda nomzodini qoʻymaslikka vaʼda berdi.

Eʼtirozlar butun jahon eʼtiborini oʻziga qaratdi. Namoyishchilarni 2011-yilgi tinchlik uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlash takliflari oʻrtaga tashlandi.

Bugungi natijalar

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz