Ulug'nor tumani





Ulugʻnor  — Andijon viloyatidagi tuman. 1973-yil 27-dekabrda tashkil etilgan. Shimoldan Baliqchi, janubi-sharqdan Boʻz, gʻarb va shimoli-gʻarbdan Namangan viloyatining Namangan, Mingbuloq tumanlari, janubdan Fargʻona viloyati bilan chegaradosh. Tuman markazi — Oqoltin qishlogʻi.

Maʼmuriy boʻlinishi



Tuman maydoni — 356,7 kv.km. Ulugʻnor tumanida 1 ta shaharcha va 24 ta mahalla fuqarolar yigʻini bor.

Tabiati



Tuman xududi tekislikdan iborat. Koʻchma qum tepalari koʻp. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —4°, iyulniki 24—28°. Yiliga oʻrtacha 195—200 mm. yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 235 kun. Tuman xoʻjaliklari Katta Andijon kanalidan suv oladi. Tuprogʻi oʻtloqi boʻz, kuchsiz shoʻrlangan tuproq. Oʻsimliklardan shoʻra, shuvoq, momoqaymoq, qamish, mingdevona, yantoq, ajriq, yulgʻun, oqbosh, otquloq, qirqboʻgʻin, gʻumay, qoʻypechak, yalpiz oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan echkemar, toshbaqa, tulki, quyon, ilon, kaltakesak, qushlardan laylak, oʻrdak, chumchuq, soʻfitoʻrgʻay, qargʻa, musicha yashaydi.

Xo'jaligi



Ulugʻnor tumanida qishloq xoʻjaligi (paxtachilik, chorvachilik, pillachilik, polizchilik, sabzavotchilik, bogʻdorchilik) yetakchi oʻrinda. Eng muhim tarmogʻi — paxtachilik. Tumanda 900 ga yaqin yirik, oʻrta va kichik korxona va tashkilot faoliyat koʻrsatadi. Shulardan avtokorxona, MTP, paxta tozalash z-di, Buyuk Britaniyaning «Kordese LTD» firmasi bilan xamkorlikdagi «Ulkard» qoʻshma korxonasi (tikuvchilik va toʻqimachilikka ixtisoslashgan), sport anjomlari ishlab chiqarish firmasi, «Universal» bozori, savdo, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Tuman hududidan Margʻilon—Soyboʻyi — Ulugʻnor—Mingbuloq, Shtab—Ulugʻnor magistral yoʻllari oʻtgan. Tuman markazi avtomobil yoʻllari orqali Namangan, Margʻilon, Fargʻona, Andijon va boshqa shaharlar bilan bogʻlangan.

Qishloq xojaligida ekinzorlar maydoni 20,4 ming gektar, shu jumladan, 13,5 ming gektar yerga paxta, 6 ming gektar yerga gʻalla ekiladi. Shuningdek sabzavot, poliz ekinlari, kartoshka, yemxashak ekinlari ham ekiladi. 204 ga bogʻ, 274 ta tutzor, 1042 ga yaylovlar bilan band. 606 ga yerda oʻrmonzor mavjud. Tumanda 8 shirkat, 80 dehkrn, 416 fermer xoʻjaligi bor.

Ulugʻnor tumani jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 1,6 ming qoramol (shu jumladan, 626 sigir), 2,1 ming qoʻy va echki, 5 ming parranda, 37 yilqi boqiladi. Yaqin temir yo'l stansiyasi — Margʻilon (tuman markazidan 35 km).

Geografiyasi



Tuman hududi tekislikdan iborat. Koʻchma qum tepalari koʻp. Iqlimi — keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha harorati — minus 4 daraja, iyulniki — 24-28 daraja. Yiliga oʻrtacha 195-200 mm. yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri — 235 kun. Tuman xoʻjaliklari Katta Andijon kanalidan suv oladi. Tuprogʻi oʻtloqi boʻz, kuchsiz shoʻrlangan tuproq.

Oʻsimliklardan shoʻra, shuvoq, momaqaymoq, qamish, mingdеvona, yantoq, ajriq, yulgʻun, oqbosh, otquloq, qirqboʻgʻin, gʻumay, qoʻypеchak, yalpiz oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan echkiеmar, toshbaqa, tulki, quyon, ilon, kaltakеsak, qushlardan laylak, oʻrdak, chumchuq, soʻfitoʻrgʻay, qargʻa, musicha yashaydi.

Aholisi



Aholisi — 61,8 ming kishi. Aholisi asosan oʻzbeklar, shuningdek, qirgʻiz, tojik, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 kv. km.ga 133 kishi toʻgʻri keladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz