Ulugʻbek (tuman)




Mirzo Ulugʻbek tumani (1935-yilgacha — Proletar tumani, 1992-yilgacha Kuybishev tumani; 1992-yil maydan Mirzo Ulugʻbek tumani) — Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1929 i. tashkil qilingan. Hozirgi chegarasi 1978-yildan buyen oʻzgarmagan. T.ning shimoli-sharqiy qismida joylashgan. T. markazi (Amir Temur xiyoboni)dan boshlanib, shimoli-sharqiy tomonga, Toshkent avtomobil halqa yoʻligacha boradi. Feruza mavzesi, Toshkent traktor zavodi, Ulugʻbek shaharchasi gʻam tuman hududiga kiradi. Maydoni 3,2 ming km², shu jumladan, koʻkalamzorlashtirilgan hudud — 0,579 ming ga. Aholisi 247,6 ming kishi (2004). Tuman hududida tarixiy va madaniy yodgorliklardan Kirxa (1892) saklangan. Koʻchalar soni 532 ta. Asosiy magistrallari: Pushkin, Parkent, Temur Malik, Oqqoʻrgʻon koʻchalari, Buyuk ipak yoʻli shohkoʻchasi, Habib Abdullayev koʻchasi, Kichik halqa yoʻl. 49 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 377 yirik korxona, shundan 28 sanoat korxonasi (shu jumladan, "Toshkentkabel", traktor zavodlari, "Oʻzbekiston paxtachilik mashinasozligi", lokboʻyoq zavodlari.), 3119 kichik va oʻrta biznes subʼyektlari bor. 27 ilmiy tadqiqot instituta, 10 loyiha instituti, 4 oliy oʻquv yurti (Madaniyat instituti, Jahon iktisodiyoti va diplomatiya universiteti va boshqalar) xamda umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti, harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, yozuvchilar, kompozitorlar, meʼmorlar ijodiy uyushmalari va teatr jamiyati, 33 umumiy taʼlim maktabi, 12 kasbxunar kolleji, 4 bolalar musiqa maktabi va sanʼat maktabi, 10 kasalxona va dispanser, "Ona va bola" markazi, 11 oilaviy poliklinika, 2 tibbiysanitariya qismi ishlab turibdi.

Aholiga 176 oziq-ovqat doʻkoni, 244 sanoat mollari doʻkoni, 304 umumiy ovqatlanishkorxonalari, 517 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi xizmat qilmoqda. Muxtor Ashrafiy, Sergey Yesenin uymuzeylari, 28 jamoat kutubxonasi, 3 madaniyat uyi va saroyi, 3 madaniyat va istirohat bogʻi, hayvonot bogʻi va boshqa ishlab turibdi. Turar joy fondining umumiy foydalanish maydoni 2579 ming m2.

uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz