Ulugʻbek Rahmatullayev




Ulugʻbek Rahmatullayev  (1982-yil 29-yanvar, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — taniqli oʻzbek yakkaxon xonandasi.
Bogʻcha va maktabda musiqa asboblari, ayniqsa mikrofonni olib qoʻshiq kuylab, sheʼr aytishni juda yoqtirgan. Maktabni bitirgandan soʻng Ulugʻbek Rahmatullayev Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutining „Markaziy Osiyo Xalqlari tarixi“ fakultetini tamomlaydi. Shou-biznes sohasida 1999-yildan buyon professional sanʼatkor sifatida faoliyat yuritadi. Uning ilk „Yorim yoniga borsam“ qoʻshigʻi xit tarona darajasiga yetadi va shundan soʻng 2004-yilda shoir Bobur Bobomurod qalamiga mansub boʻlgan „Oydin, oydin kechalar“, „Sevma“, „Sen ketding“ va „Kapalak“ qoʻshiqlari ketma- ket xit qoʻshiqlar darajalariga yetdi..

Uning „Qizalogʻim“, „Qirmizi olma“, „Ona“ kabi qoʻshiqlari mashhurdir. Unvoni — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz