Ulugʻbek Qosimov
Ulugʻbek Berdiqobilovich Qosimov — oʻzbek yuristi, davlat arbobi. 2022-yildan Surxondaryo viloyati hokimi.
Biografiyasi
2001—2005 — Samarqand davlat universiteti talabasi.
2005—2006 — Surxondaryo viloyati Denov tumani prokuraturasi ish oʻrganuvchisi.
2006—2007 — Surxondaryo viloyati Bandixon tumani prokurori yordamchisi.
2007—2010 — Surxondaryo viloyati Uzun tumani prokuraturasi tergovchisi.
2010—2011 — Surxondaryo viloyati prokuraturasi qishloq xoʻjaligi sohasida qonuniylikni taʼminlash va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlarini himoya qilish boʻlimi prokurori.
2011—2012 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish boshqarmasi prokurori.
2012—2014 — Surxondaryo viloyati prokuraturasi qishloq xoʻjaligi sohasida qonuniylikni taʼminlash va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlarini himoya qilish boʻlimi boshligʻi.
2014—2016 — Surxondaryo viloyati prokuraturasi qishloq xoʻjaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimi boshligʻi.
2016—2016 — Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumani prokurori.
2016—2017 — Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani hokimi.
2017—2018 — Surxondaryo viloyati Denov tumani hokimi.
2018—2019 — Surxondaryo viloyati prokurori.
2019—2021 — Fargʻona viloyati prokurori.
2021—2022 — Toshkent shahar prokurori.
2022—2023 — Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi.
2023-yildan — Surxondaryo viloyati hokimi. 12-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati aʼzoligiga saylandi
Manbalar
uz.wikipedia.org