Ulugʻbek Inoyatov




Ulugʻbek Ilyosovich Inoyatov  — 2019-yildan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi hamda 2020-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari.

Biografiya



Taʼlim



1985-yilda Toshkent politexnika institutini tugatgan, 1998-yilda Toshkent moliya institutini tugatgan. 1985—1993-yillarda Toshkent politexnika institutida assistent, aspirant vazifalarida faoliyat yuritgan.

Mehnat faoliyati



1993—1999-yillarda Toshkent arxitektura-qurilish institutida dekan muovini, dekan, 1999—2003-yillarda Toshkent moliya-iqtisod kolleji direktori, 2003—2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi, 2006—2011-yillarda Toshkent moliya-iqtisod kolleji direktori, 2011—2013-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori kabi vazifalarda faoliyat olib borgan.
2013—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri, 2018—2019-yillarda Namangan davlat universiteti rektori vazifalarida ishlagan.
2019-yildan Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi. 2020-yildan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, spiker oʻrinbosari vazifasida ishlab kelmoqda..

Tanqidlar



2019-yildagi saylov kompaniyasi davrida deputatlikka nomzod Ulugʻbek Inoyatovning „Toshkentda 5 bolali oila 2,5 mln soʻm oylikka yashay oladi“, soʻzlari keng muhokamalar keltirib chiqargan edi.

Manbalar




Telegram: https://t.me/UInoyatov ; Instagram: https://www.instagram.com/ulugbek_inoyatov_xdp/

uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz