Ulugʻbek II




Ulugʻbek II, shuningdek, Ulugʻbek Kobuliy nomi bilan ham atalgan(vaf. 1502). Temuriylar sulolasidan boʻlgan hukmdor, 1461—1502-yillarda Kobul va Gʻaznani boshqargan.

Hukmronligi



Ulugʻbek Temuriylar sultoni Abu Said Mirzoning toʻrtinchi oʻgʻli. Oʻz faoliyatini otasi Kobul va Gʻazna shaharlari hokimi etib tayinlaganidan boshlagan. Abu Said vafotidan keyin davlat boshqaruvi uning qoʻliga oʻtgan. Akalari Ahmad Mirzo va Mahmud Mirzoga Samarqand va Badaxshon, ukasi Umar Shayx Mirzoga esa Fargʻona beriladi. Umar Shayx Mirzoning oʻgʻli Bobur keyinchalik Boburiylar imperiyasiga asos solgan.

Ulugʻbek uzoq va adolatli hukmronlik qildi. Hukmronlik davri mobaynida Kobul madaniyat markaziga aylandi. Uning kutubxonasidan bir qancha kitoblar, jumladan, "Shohnoma" nusxasining ham topilishi hukmronlik davrida saroy xattotlik faroliyati rivojlanganini tasdiqlaydi. Bitta qoʻlyozmaga ishlangan murakkab frontispis orqali Ulugʻbek saroyiga lavvohlar, xattotlar va ehtimol musavvirlarni ham jalb etganligini bilish mumkin. Uning bogʻ-rogʻlarga mehr qoʻygani jiyani Bobur tomonidan yozib qoldirilgan. Ulugʻbek qurdirgan baʼzi bogʻlarning nomlari qoʻlyozmalarda saqlanib qolgan. Masalan, Bogʻi Behesht (Jannat bogʻi) va Boʻston-Sara (Bogʻlar boʻstoni) kabi.

Hukmronligi davrida Pashtun qabilasi ilk bor Kobulga kelgan. Baʼzi manbalarga koʻra, qabila Ulugʻbekni qoʻllab-quvvatlagan va oʻz navbatida Ulugʻbek ham bunga javoban ularga yaxshi muomalada boʻlgan. Biroq 15-asrning soʻnggi choragi davomida qabila va hukmdor oʻrtasida munosabatlar keskinlashib borgan. Oqibatda, Gugyani qabilasining yordami bilan Ulugʻbek koʻplab qabila boshliqlarini oʻldirishga buyruq bergani aytiladi.Sharqshunos olim Annet Beverij Ulugʻbek va Yusufzoyi qabilasi boshligʻi Malik Sulaymon toʻgʻrisida quyidagi hikoyani yozib qoldirgan:

Bir kuni qabilaning donishmand a'zosi, Shayx Usmon Sulaymonning yosh Mirzoni (Ulug‘bek) tizzasiga o‘tkizib suhbatlashayotganini ko‘rib, bu bolada Yazid ko‘zi borligini ,u o‘ziga va oilasiga ziyon yetkazishini aytadi, ya‘ni Yazid Payg‘ambar ga ziyon yetkazgan.Sulaymon bunga e'tibor bermadi va Mirzoga o‘z qizini turmushga berdi.Va oqibatda, Mirzo Yusufzoyi qabilasiga Kobulga taklif qilinganda, Sulaymonga xiyonat qilib, uni va 700 izdoshlarini o‘ldiradi.Ular Kobul yaqinidagi Siyohsang nomli joyda o‘ldiriladi.Bu yer hozirgacha Jafokashlar qabristoni nomi bilan mashhur.Ularning va, ayniqsa, Shayx Usmonning mozori e'zozlanadi.

Shu bilan bir qatorda, boshqa bir rivoyatlarda yozilishicha, Yusufzoiylar Kobulga koʻchib kelishgandan soʻng boshqa bir qancha qabilalar qatorida qaroqchilikka qoʻl urishadi. Bu ish shu darajaga yetadiki, keyinchalik Ulugʻbek ularni mintaqadan quvib chiqaradi.

Vafoti va merosi




Ulugʻbek 1502-yilda vafot etgan va Gʻazna shahridagi Abdur Razzoq maqbarasiga dafn etilgan. Maqbara oʻgʻlining nomi bilan atalsa-da, Abdur Razzoqning qisqa hukmronligi davrida daxma qurilishi uchun buyruq berish imkoniyatiga ega boʻlmaganligini taxmin qilish mumkin. Aslida, qabrni dastlab Ulugʻbek oʻzi uchun qurdirgan, keyinchalik esa Abdurrazoq dafn etilgan boʻlish ehtimoli kattaroq.

Otasi vafot etgan paytda Abdurrazoq hali voyaga yetmaganligidan foydalangan vazirlardan biri uni oʻz yoʻliga boshlaydi. Sodir boʻlayotgan muammoli vaziyatlarga Ulugʻbekning kuyovi Muhammad Muqim Argʻun Kobulni oʻz qoʻliga olish orqali barham beradi. Nihoyat, Ulugʻbekning jiyani Bobur Muqimni mamlakatdan quvib chiqaradi va 1504-yilda amakivachchasi Abdur Razzoqni hukmronlikdan mahrum qilib, shaharni egallaydi. Bobur keyinchalik Hindistonga uyushtiradigan bosqinini aynan shu yerdan boshlagan.

Farzandlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Ulugʻbek II haqida ma’lumot berishdan avval, Ulug‘bek nomi tarixda qanday mashhur bo‘lganiga qisqacha to‘xtalsak. Tarixiy ravishda eng mashhur Ulug‘bek – 15-asrda yashagan Amir Temur avlodlaridan biri, shoir va astronom Mirzo Ulug‘bekdir. Ammo «Ulug‘bek II» deganda aniq kim nazarda tutilayotganini aniqlash muhim.

Agar siz «Ulug‘bek II» deganda tarixiy shaxs yoki zamonaviy shaxs haqida so‘rayotgan bo‘lsangiz, iltimos aniqlik kiriting.

Ulug‘bek (Mirzo Ulug‘bek) haqida qisqacha ma’lumot:

Ulug‘bek II haqida:

Tarihiy yoki madaniy yozuvlarda «Ulug‘bek II» sifatida tanilgan shaxsga oid aniqlangan ma’lumotlar juda kam yoki mavjud emas. Balki, «Ulug‘bek II» atamasi mamlakatimiz yoki boshqa o‘lkadagi 20-21-asrdagi biror yirik shaxs uchun ishlatilgan bo‘lishi mumkin.

Agar siz zamonaviy yoki madaniy kontekstdagi shaxs — masalan, aktyor, yozuvchi, siyosatchi yoki boshqa san’atkor haqida ma’lumot so‘rayotgan bo‘lsangiz, iltimos, biroz ko‘proq kontekst bering yoki uning to‘liq ismi yoki faoliyat sohasi haqida ma’lumot taqdim eting.

Xulosa:

Sizdan kelgan ma’lumot asosida qo‘shimcha batafsil ma’lumot taqdim etishga tayyorman!



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz