Ulugʻ Tursunov




Ulugʻ Toshmuhammedovich Tursunov (1905.9.1, Qoʻqon 1971.20.6, Samarqand) — tilshunos olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1965), professor (1958), filol. fanlari nomzodi (1941).

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941 — 45). Fargʻona ped. texnikumini (1924) va Leningrad sharqshunoslik institutini (1930) tugatgan. Margʻilonda maktab oʻqituvchisi (1924 —25), Qoʻqonda bolalar uyi oʻquv boʻlimi mudiri (1925 — 27). 1930 — 32 yillarda bir paytning oʻzida Til va terminologiya qoʻmitasida ilmiy xodim, Oʻrta Osiyo universitetida oʻqituvchi va Tojik agropedagogika instituti (Toshkent) da kafedra mudiri, 1933 — 34 yillarda Oʻzbekiston madaniy qurilish ilmiy tadqiqot institutida sektor mudiri, 1934 — 36 yillarda Til va adabiyot institutida direktor urinbosari va sektor mudiri, 1936 — 71 yillarda Samarqand universiteti oʻzbek tilshunosligi kafedrasining mudiri.

T.ning ilmiy asarlari oʻzbek tili leksikologiyasi, terminologiyasi, grammatikasi, dialektologiyasi va rivojlanish tarixiga, umuman, oʻzbek tilining ilmiynazariy, amaliy va metodik masalalariga bagʻishlangan.

Manbalar





uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz