Ulugʻ Oʻrda




Katta oʻrda , Ulugʻ Oʻrda — Oltin Oʻrdatsan ajralib chiqqan tatarlar davlati (1433—1502). Shim. Qora dengizning shim. sohili va Quyi Volga boʻyi qududidan iborat boʻlgan. 1434—59-yillarda Toʻxtamishnnnt oʻgʻli Sayid Ahmad K. Oʻ. xoni boʻlgan. K.Oʻ. tatarlarining asosiy mashgʻuloti sodda dehqonchilik bilan uygʻunlashib ketgan koʻchmanchi chorvachilik edi. K.Oʻ. yaylovlari Volgadan Dneprgacha yoyilib ketgan. K.Oʻ.da mangʻit amirlari katta siyosiy mavqeni egallashgan. Ahmad xonligi davrida (1459—81) K.Oʻ. vaqtincha kuchaygan, u 1480-yil Rusni kaytadan moʻgullarga tobe etishga uringan. Rusga qilingan muvaffaqiyatsiz yurishdan soʻng, Rus davlati uzil-kesil moʻgʻullar istibdodidan xalos boʻlgan. 1486— 91-yillarda Qrim xoni Mengli Garay K.Oʻ.ga qattiq zarba bergan va 1502-yilda esa uni tugatgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz