Ulugʻ Gʻulomov
Gʻulomov Ulugʻ Gʻafurovich (1933. 10.1 - Toshkent - 1990.15.3) - fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1973). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983). Fizika-mat. fanlari doktori (1972). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1955). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutida ilmiy xodim (1959—62), direktor oʻrinbo-sari (1962), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida direktor oʻrinbosari (1962-69), direktor (196978; 1989-90), laboratoriya mudiri (1978—90). Ilmiy ishlari, asosan, elementar zarralar fizikasi, relyativistik yadrolar fizikasi, radiatsion materialshunoslik, aktivatsion tahlil va radioak-tiv izotoplardan foydalanish sohalariga oid. Yadro emulsiyalarida gi-perfragmentlarning hosil boʻlish mexanizmlarini, yuqori energiyali elementar zarralarning murakkab yad-rolar bilan oʻzaro taʼsirini, relyati-vistik yadrolarning yadro bilan toʻqnashishi mexanizmlarini tadqiq etgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1970). Toshkent shahri Ulugʻbek shaharchasidagi koʻchalardan biri uning nomi bilan ataladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org