Ulufa




Alufa , ulufa (arab. — xashak, yem) — 1) harbiy qoʻshin va lashkar ixtiyorida-gi ot-ulov uchun aholidan toʻplanadigan natural soliq. Choparlar va elchilarning ot-ulovlari ham A. orqali yigʻilgan yem-xashak bilan taʼminlangan. Jangchilarga beriladigan maosh ham A. deb atalgan. Mas. „Temur tuzuklari“da Amir Te-mur „Yana buyurdimki, oʻnboshi yuzboshining tasdigʻi bilan, yuzboshi mingboshining tasdigʻi bilan, mingboshi amir ul-umaroning tasdigʻi bilan ulufa olsinlar“ deb koʻrsatma beradi. A. istilohi 12-asrdan maʼlum; 2) 18-asrda Buxoro xonligida gʻoziilarni natura (bugʻdoy va boshqalar) hamda pul bilan taqdirlash.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz