Ultratovush
Ultratovush - chastotasi 1520103 Gs dan 10’ Gs gacha boʻlgan elastik tebranishlar va toʻlqinlar. U.ni past chastotali (1,5 104 Gs), oʻrta chastotali (105—107 Gs) va yuqori chastotali (107—10’ Gs) U.ga boʻlish mumkin.
U. tebranishlarni hosil qilishda maʼlum fizik hodisalarga asoslanib yasalgan U. nurlatkichlari qurilmalaridan foydalaniladi. Mexanik nurlatkichlarda U. tebranishlar gaz yoki suyuqlik oqimining mexanik energiyasi hisobiga sodir boʻladi. Elektromagnit nurlatkichlarning magnitostriksiya va pyezoelektr hodisalariga asoslangan turlari keng tarqalgan.
U. suv osti kemalarini izlashda, dengiz (okean) chuqurligini aniklashda, texnologik jarayonlarni tezlatishda, qiyin kechadigan baʼzi kimyoviy reaksiyalarni roʻyobga chiqarishda, massa almashinish, kristall oʻstirish, elektroliz kabi jarayonlarni tezlatishda, moddalarning fizik xususiyatlarini oʻrganishda, materiallar sifatini tekshirishda (qarang Defektoskopiya), moddalarga ishlov berishda, diagnostika va davolashda keng qoʻllaniladi.
uz.wikipedia.org