Ulskiy ovuli
Ulskiy ovuli (hozirgi Rossiya Federatsiyasining Adigeya Respublikasi Ulyap Shovgenov rayoni) — qad. mozorqoʻrgʻonlarda topilgan ovul. 1898, 1908—10 yillarda N.I.Veselovskiy tomonidan 10 ta mozorqoʻrgʻon ochilgan. Ulardan eng qad.si mil. av. 6-asrga oid. Qabrlar talontoroj qilingan. Dafn vaqtida mayyit bilan birga qoʻshib koʻmilgan otlar va ayrim buyumlargina saklangan. Eng katta mozorqoʻrgʻondan (bal. 15 m) kabila sardori bilan birga koʻmilgan 400 dan oshiq otlarning skeleti chiqqan. Topilmalar ichida skiflarning hayvoniy tasvir uslubida ishlangan buyumlari diqqatga sazovor. Mozorqoʻrgʻonlar mahalliy qabilalar — meotlar yoki Gʻarbiy Osiyoga qilingan yurishdan keyin Kuban orti dashtlarida yashab kalgan skiflarga tegishli boʻlgan.
uz.wikipedia.org