Ulotriksnamolar qabilasi




Ulotriksnamolar qabilasi — Ulothrichales

Ulotriksnamolar qabilasiga kiruvchi suvo‘tlari shoxlanmagan ipsimon strukturali bo‘lib, uchki hujayralari ko‘ndalangiga bo‘linishi hisobiga ipi uzunlashib boradi (masalan, ulotriks). Ayrim vakillari plastinkasimon tuzilishga ega bo‘lsa-da (masalan, ulva), o‘sishining boshlang‘ich davrida ipsimon tallom hosil qiladi. Ushbu qabilaning tipik vakillaridan biri ulotriksning (Ulothrix) ipi bir tckis joylashgan hujayralardan iborat bo‘lib, pastki qismidagi rangsiz hujayrasi substratga yopishish vazifasini bajaradi (2.14 ). Xromatofori hujayra qobig‘i tagida plastinka shaklidagi uchlari birlashmagan bclbog‘ni cslatadi. Ulotriks vegetativ hujayralarida 4 xivchinli zoosporalar hosil qilib, jinssiz yo‘l bilan ko‘payadi. Jinsiy ko‘payishi esa izogamiya usulida bo‘lib, ikki xivchinli gametalar yuzaga keladi.

Ulva (Ulva) dengizda yashovchi plastinkasimon suvo‘ti bo‘lib, rivojlanishining boshlang‘ich davrida ulotriksga o‘xshaydi, lekin hujayralari uzunasiga bo‘linishi natijasida ikki qator hujayralardan iborat nozik plastinka hosil qiladi (2.15 ).

Ulvaning ko‘payishi ulotriksnikiga o‘xshash bo‘lsa-da, ularda izomorf nasllarining gallanishi kuzatiladi.

Edogoniumnamolar qabilasi — Oedogonales.  Ushbu qabilaga kiruvchi suvo‘tlarining tallomlari ipsimon strukturalarga ega bo‘lib, o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ipining ichki, vegetativ hujayralari bo‘linishi natijasida ularning qobig‘idan maxsus yoqachalar hosil bo‘ladi. Gcnerativ hujayralari (zoosporasi va spcrmatozoidlari) esa supurgisimon joylashgan ko‘p xivchinlar hosil qiladi. Ushbu qabilaning tipik vakili edogonium (Ocdogonium) bo‘lib, chuchuk suvlarda maxsus bazal hujayrasi yordamida substratga birikkan holda hayot kcchiradi (2.16 ). Xromatofori ko‘p pirenoidli, elaksimon plastinka shaklida. Jinssiz ko‘payishda vegetativ hujayra ichida bitta, biroz ingichkalashgan tomonida supurgisimon joylashgan ko‘p xivchinli zoospora hosil bo‘ladi. Jinsiy ko‘payish oogamiya usulida bo‘lib, oogoniyda bitta tuxum hujayra, antcridiyda esa ikkita zoosporasiga o‘xshash ko‘p xivchinli, lckin kichikroq spcrmatozoid yuzaga keladi. Otalangan tuxum hujayradan oospora hosil bo‘ladi. U tinim davrini o‘tagandan keyin to‘rtta zoospora hosil qiladi. Zoospora edogoniumning yangi tallomini vujudga kcltiradi. Oosporasi o‘sishdan oldin reduksion bo‘linganligi sababli vegetativ edogonium gaploid o‘simlik hisoblanadi.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz