Ulomov Valentin Ivanovich
Valentin Ivanovich Ulomov (1933.7.1, Toshkent — 2017.6.6.) — geofizik, seysmolog. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1984), fizikamat, fanlari doktori (1974), professor (1982), Oʻrta Osiyo politexnika institutining geol.razvedka ftini tugatgan (1958), Toshkent markaziy seysmik stansiyasining mudiri (1960), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutida direktor oʻrinbosari (1966—90), Toshkent zilzilasi oqibatlarini oʻrganish va zilzilani bashorat qilish masalalari sohasida seysmologik tadqiqotlar olib borgan. Birinchi marta radon zilzila darakchisi ekanligini anikdagan. Oʻrta Osiyoda Yer pusti tuzilishi va dinamikasini zilzila bashorati nuqtai nazaridan oʻrgangan. U. 1990-yildan Moskvadagi Yer fizikasi institutida ilmiy xodim, kontinental seysmik jarayonni oʻrganish va seysmik rayonlashtirish laboratoriya mudiri (1991). Rossiyaning umumiy seysmik rayonlashtirish xaritasini tuzishga rahbarlik qilgan (1997). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).
Manbalar
Adabiyot
uz.wikipedia.org