Ulli Hovli
Ulli Hovli (turkm. Uly Howly) — Xorazm viloyati Urganch tumani Gʻoybu qishlogʻidagi Turkmanlar mahallasi hududida joylashgan tarixiy majmua. „Ulli hovli“ majmuasi 1640—1694-yillarda, Abulgʻozi Bahodirxon davrida bunyod etilgan.
Tarixi
Ulli hovli „katta hovli“ degan ma'noni bildiradi. Ilk farzandi boʻlgan Alabeluk etonomining bir koʻrinishi deya aytish mumkin. Xoʻjamuberdi Bojimon davrida Olauylik hududida 100 xonalik katta bino qurilishi boshlangan. Uni aholi Ulli(katta) Hovli deb nomlagan. Dastlabki paytda unda 15 ta oila yashagan. Majmua XVII asrda oʻzbeklar va turkmanlar tomonidan qurilgan. 2009-yil mart oyida Xorazm Maʼmun akademiyasi hodimlari hamda Urganch davlat universiteti professorlari, sharqshunos olimlari ullihovli majmuasini ilmiy tadqiq qlish uchun obiadning texnik holatini oʻrganib chiqdi. Hozirda Ulli hovli majmuasida 35 ta xonadon saqlanib qolgan.
Ulli hovliga kiraverishdagi qadimiy darvoza va devorga shunday yozuvlar bitilgan:
Ushbu muborak Ulli hovli Xorazmshoh Abulgʻozi bahodirxon tomonidan Soler turkmanlarining oqsoqollari Xoʻjamberdi va Shermamatboy iltimosiga koʻra bunyod etilgan[5].
Munis va Ogahiyning „Firdavs ul iqbol“ asarida Xivada qolgan turkmanlar orasida Olabeluqli toʻplar uyi bor edi.
Qurilish materiali
Ichki va tashqi devorlar paxsadan qilingan. Qurilish maretiallari uchun mahalliy xom-ashyolardan, soz tuproq va yoʻgʻochlardan foydalanilgan. Hovli trapetsiya shakliga yaqin shaklda bunyod etilgan.
Restavratsiya
XVII asrga oid „Ulli hovli“ tuproqli qal’asi 2013—2015-yillarda Xorazm viloyatining turizm sohasini rivojlantirish dasturiga muvofiq majmuada rekonstruksiya ishlari yakunlandi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida Urganchdan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan „Ulli hovli“ qadimiy qal’asi sayyohlik majmuasiga aylandi. Majmuada tuyalar, otlar va parrandalar saqlanadigan joylar, eski tegirmon va qadimiy quduq mavjud.
„Ulli hovli“ 2017-yildan 2018-yilning 25-apreligacha Davlatnazar Rajabovning tashabbusi bilan qayta tamirlandi va turistik maskanga aylantirildi.
2020-yil 29-dekabrda Vazirlar Mahkamasining 815-sonli qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Xorazm viloyati Madaniyat boshqarmasi tarkibida „Oʻzbek—Turkman doʻstlik uyi“ va „Ulli hovli“ majmuasi" direksiyasi davlat muassasasi sifatida tashkil etildi.
Galereya
Prezidentlar tashrifi
2018-yil 25-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH. M. Mirziyoyev va Turkmaniston Respublikasi Prezidenti g. Berdimuhammedovlar Xorazm viloyatiga tashrifi davomida Ullihovli majmuasida boʻldilar „Doʻstlik uyi“ning ochilishi va ushbu qaʼla bilan tanishdilar.
Hozirda bu yerda hunarmandchilik maskani, restoran, 15 oʻrinli mehmonxona, muzey, kinozal, fotogalareya, nortuyalar boqiladigan maxsusu joylar tashkil etilgan.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Ulli Hovli — O‘zbek adabiyoti va madaniyatida keng tanilgan shaxs. Uning ismi ko‘pincha adabiyot, san’at yoki ilm-fan sohalari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ammo, aniqroq ma’lumot berish uchun, "Ulli Hovli" haqidagi kontekst yoki uning faoliyat sohasi haqida qo‘shimcha ma’lumot kerak bo‘ladi.
Agar siz "Ulli Hovli" deganda aniq bir shaxs, joy, asar yoki narsa nazarda tutilayotgan bo‘lsa, iltimos, qo‘shimcha tafsilotlar bilan ta’minlang. Shunda men sizga to‘liq va aniq ma’lumot bera olaman.
O‘zbek madaniyatida "Hovli" so‘zi ko‘pincha katta, ko‘rkam uy yoki saroy ma’nosini anglatadi. "Ulli" so‘zi esa an’anaviy tilimizda ishlatilmaydi, balki boshqa tillardan kelib chiqqan yoki o‘zgartirilgan so‘z bo‘lishi mumkin. Shu bois, bu birlashmaning nima ma’noni anglatishini aniq bilish uchun qo‘shimcha ma’lumot muhim.
Agar siz “Ulli Hovli” haqida boshqa bir kontekstda (masalan, adabiyotdagi qahramon, tarixiy joy, arxitektura obyekti yoki badiiy asar nomi) so‘rayotgan bo‘lsangiz, iltimos, batafsilroq yozing. Shunda men sizga yanada to‘liq va mufassal javob tayyorlay olaman.