Uljaytu




Uljaytu (moʻgʻ.: ᠦᠯᠵᠡᠢᠲᠦ ᠺᠬᠠᠨ Өлзийт; Oʻljaytu, Ulchaytu), musulmoncha ismi - Gʻiyosiddunyo vaddin Muhammad Xudobanda Uljaytu Sulton (forscha: غیاث الدنیا والدین محمد خدابنده اولجایتو سلطان) (1278-yil mart, 1280-yil mart yoki 1281-yil 24-mart tugʻilgan — 1316-yil 17-dekabrda vafot etgan) — Eron hulokuiylar elxoni (1304-1316), Argʻunxonning uchinchi oʻgʻli, Mahmud Gʻozonxonning ukasi va vorisi.

Ichki siyosat



Mamlakatni boshqarishda Uljaytu Gʻozonxonning islohotlarini davom ettirdi. U oʻtmishdoshining barcha qonunlarini tasdiqlovchi maxsus yorliq chiqardi. Gʻozonxon davridagi kabi Uljaytu hukmronligi paytida ham davlat ishlarida Rashiduddin devonidagi vazirlarning taʼsiri katta boʻlib qoldi. U hokimiyatdan chetlatishga uringan boshqa bir vazir Sa’diddin Savejiyning fitnalariga qarshi tura oldi. Natijada, Sa’diddin Savejiy va bir qancha aʼyonlari bilan birga davlat mablagʻlarini oʻzlashtirishda aylanib, 1312-yil 19-fevralda Bagʻdod yaqinida qatl ettiradi. Vazir etib oʻrtoq-savdogar Tojiddin Alishoh Giloniy tayinlandi. 1314-yildagi ikki vazir oʻrtasida ziddiyatdan soʻng, Uljaytu ularning faoliyat sohalarini belgilab berdi. Rashiduddin markaziy va janubiy Forsdan Xuroson chegaralariga masʼul etib tayinlandi, Tojiddinga esa shimoliy-gʻarbiy Fors, Mesopotamiya va Kichik Osiyo mintaqalarini nazorat qilish tayinlandi.

Yangi poytaxt qurdirishi




1305-yilda Uljaytu Eronning shimoli-gʻarbiy qismi (hozirgi Zanjon ustoni)dagi Argʻun davrida qurilgan Sultoniya shahrining qurilishini qayta boshladi.Tez orada shahar hulokuiylarning yozgi poytaxtiga aylandi, Bagʻdod qishki poytaxti boʻlib qoldi. Elxon saroy a’yonlari yangi poytaxtni bezashda bir-biridan ustun turishga harakat qilishdi. Masalan, Rashiduddin oʻz mablagʻlari evaziga mingdan ortiq uyni qurdirdi. Shahar qurilishi 1313-yilga kelib yakunlandi; uni oʻrab turgan devor uzunligi taxminan 30 ming qadam edi. Shaharning asosiy meʼmoriy obidasi elxon Alishoh tomonidan qurilgan Uljaytu maqbarasi edi.

Dini



1289-yilda Uljaytu nasroniy onasi Uruk Xotun choʻqintirdi. Argʻunxon papa Nikolay IV bilan diplomatik aloqalarni oʻrnatgani bois Uljaytuga avval Nikolay deb ism qoʻyishdi. Taxtga oʻtirishi (19-iyul 1304-yil)dan oldin Uljaytu Xarbanda («eshakning quli») taxallusi bilan tanilgan, u 1295-yilda islomni qabul qilganida Xudobanda («Xudoning quli») deb oʻzgartirilgan. Avval islomning sunniylik mazhabini qabul qiladi, keyinchalik shialikka oʻtadi. Biroq, elxonning shialikni davlat diniga aylantirishga urinishi Eron maʼnaviy va byurokratik zodagonlarining qattiq qarshiligiga uchradi. Uljaytu davrida diniy siyosatdagi yana bir o'zgarish shundaki, jizya yana musulmon boʻlmaganlarga yuklandi.

Tashqi siyosati




Uljaytu Mamluklarga qarshi kurash hamda Suriyani zabt etish umidida Yevropa hukmdorlari bilan diplomatik aloqalarni saqlab qoldi. Elxon Yevropaga Buskarlo de Gizolfi boshchiligidagi elchilarni yubordi, u fransuz Filipp, ingliz Edvard va Papa Klement V ga elxon maktublar topshirdi. Biroq Uljaytu olib borgan muzokaralari avvalgi yillardagi Abaqxon, Argʻunxon va Gʻozonxonlarning hukmronlik davridagi kabi amaliy natijalar bermadi.

1308-yilda Uljaytu turklarga qarshi kurashda Vizantiya imperatori Andronik II ga yordam berdi. U Kichik Osiyoga 30 ming askardan iborat moʻgʻul qoʻshinini yubordi.

1304-1305-yillarda mamlukiylar hulokuiylarning vassali boʻlgan Kilikiya davlatiga hujum qilishdi, lekin tez orada Kichik Osiyodagi moʻgʻul garnizonlari u yerga yetib kelib, ularni magʻlub etishdi.

1312-yilda Damashq hukmdori Qora Sunqur (Marogʻani boshqarish topshirildi) va Tripoli hukmdori Oqqush Afram (Hamadonni boshqarish yuklandi)lar Uljaytu tomonga oʻtdilar. Elxon Suriyadagi mamlukiylarga qarshi yurish qilishga qaror qildi. Qoʻshinlar oktabr oyida yoʻlga chiqishdi va 23-dekabrda Raxba shahriga yaqinlashishdi. Mudofaa moʻgʻullarga matonatli qarshilik koʻrsatdi hamda 1313-yil 26-yanvarda Uljayti qamalni bekor qilganliklari bois hulokuiylar Suriyani zabt etish rejalaridan voz kechishga majbur boʻldilar.

1307-yilda koʻplab kichik yarim mustaqil hukmdorlar tomonidan boshqariladigan Gilon hulokuiylar davlati boshqaruviga oʻtdi. 1313-yilda elxon qoʻshinlari Afgʻoniston janubidagi Nikudariylar hududini egallab olishdi, bu esa Esanbuqa xonning ukasi Kebek, surgun qilingan Nikudariy hukmdori Dovudxoʻja va Chigʻatoyning chevarasi shahzoda Yasavur qoʻmondonligi ostidagi Chigʻatoy qoʻshinlarining hujumini keltirib chiqardi. Ular 1314-yilning yanvarida Amudaryoni kesib oʻtib, Murgʻob daryosi yaqinidagi Hulokuiylarning Xurosondagi qoʻshinini ogʻir magʻlubiyatga uchratishdi va chekinayotgan dushmanni Hirot darvozasiga qadar taʼqib qilishdi. 18-fevral kuni Uljaytu oʻz qoʻshinining magʻlubiyati haqidagi xabarni olganidan soʻng, Sultaniyadan chiqib yurish boshlayotganida, dushman oʻz ulusi tomon chekindi. Bu orada shahzoda Yasavurni Kebek xiyonatda aybladi va Uljaytuning qoʻshinlari Chigʻatoylar bilan jangda Yasavurga yordam berish uchun Amudaryodan oʻtdilar. Yasavur elxon qoʻshinlari bilan Xurosonga qaytdi va Uljaytu unga Badgʻis yaylovini berdi.
Uljaytu Sulton 1316-yil 17-dekabr sanasida vafot etdi.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz