Улица Кадышева
Aviasozlar koʻchasi — Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan koʻchalaridan biridir.
Tarixi va nomi
1970-yilning 1-yarmida tashkil topgan. Koʻcha dastlab Stepan Kadishev nomi bilan yuritilgan. 2008-yil 2-sentabrdan boshlab „Aviasozlar“ koʻchasi deb qayta nomlangan. Asosan, aviasozlik sanoat korxonasigaga qarashli maʼmuriy va turar joy binolari mavjudligi tufayli koʻchaga shu nom berilgan. Koʻchaning uzunligi 3 kmni tashkil qiladi. 2-Qorasuv va Zumrad koʻchalari oraligʻida joylashgan. Aviasozlar koʻchasi orqali Qorasuv, Birlashgan, Sholoxov koʻchalariga chiqish mumkin. Tarkibida 4 ta tor koʻcha bor.
Mashhur binolar va inshooatlar
Koʻcha yoʻnalishida Toshkent mexanika zavodi (sobiq Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi), Yashnobod tuman IIB, Yashnobod tuman pasport stoli, Aviasozlar dehqon bozori va uning „Gulbog“ shoxobchasi, 2022-yil toʻliq rekonstruktsiya qilingan „Aviasozlar“ madaniyat saroyi (1980-yil qurilgan), Sport majmuasi, boshbekat, Korzinka.uz supermarketi, I. Irgashev nomidagi 4-sonli klinik shifoxona, koʻp qavatli turar joy binolari, maʼmuriy binolar, savdo majmualari va turli servis xizmatlari joylashgan.
Kesishgan koʻchalar
Koʻcha Toshkent mexanika zavodidan (sobiq TAPOICH) boshlanadi. Yoʻnalish davomida Qorasuv kanalidan oʻtadi va quyidagi: 2-Qorasuv koʻchasi, Elbek koʻchasi, Chigil koʻchasi, Aviasozlar 1-tor koʻchasi, Olimkent 1-tor koʻchasi, Olimkent 5-tor koʻchasi (sobiq Jolio Kyuri koʻchasi), Qostanay koʻchasi, Majnuntol koʻchasi, Qorasuv koʻchasi, Aviasozlar 2-tor koʻchasi, Birlashgan koʻchasi, Beshariq koʻchasi bilan kesishadi. Aviasozlar koʻchasi Xosiyat koʻchasi bilan kesishgan qismida tugaydi.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org