Әулиекөл ауданы





Avliyokoʻl tumani  — Qoʻstanoy viloyatining markaziy qismida joylashgan. Maydoni 11,7 ming km². Aholisi 47 554 kishi (2010). Tumanning maʼmuriy markazi — Avliyokoʻl qishlogʻi. Avliyokoʻl tumani 1928-yili Semiozer tumani boʻlib tashkil topgan, 1997-yildan boshlab Avliyokoʻl tumani deb nomlanib kelmoqda.

Iqlimi



Iqlimi keskin kontinental — qishi sovuq, yozi issiq. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati 18 — 19 °C, iyulniki 21 — 22 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 260–280 mm.

Aholisi



Aholisi 47 554 kishi (2010). Tuman aholisining koʻpchligi (72 %) qishloqlarda istiqomat qilishadi. Tuman aholisining oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 5,3 kishidan toʻgʻri keladi.
Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil):

Hududiy boʻlinishi




Iqtisodi



Tumanda moy, pivo, non zavodlari, kichik tikish va jihoz fabrikalari, qurilish-montaj korxonalari, nashriyotlar, yoʻl qurilish korxonasi, avtobaza bor. Avliyokoʻl tumani asosan qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanadi. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli er maydoni — 1,1 mln. ga (1997), Tumanda asosan qoʻy, sigir, yilqi, choʻchqa asraydi, bugʻdoy, beda, koʻkatlar, kartoshka, v.h. ekiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz