Ulfat Qodirov




Ulfat Salohitdinovich Qodirov  — oʻzbek iqtisodchisi va diplomati. 2005—2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.

Biografiya



1959-yil 30-iyunda tugʻilgan. Fargʻona politexnika institutini va Butunittifoq yuridik universitetini tugatgan. Turk, ispan, rus tillarini biladi.

1984—1989-yillarda Farg‘ona politexnika instituti „Elektr tarmoqlari“ kafedrasi xodimi.

1989—1992 — Toshkent politexnika instituti xalqaro aloqalar bo‘limi inspektori.

1992—1997 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi BMT va xalqaro tashkilotlar boʻlimida ikkinchi, birinchi kotib.

1997—2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni konsultanti.

2000—2005 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi boshlig‘i.

2005—2017 — Oʻzbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.

2013—2017 — Oʻzbekiston Respublikasining Bolgariyadagi favqulodda va muxtor elchisi.

2013—2017 — Oʻzbekiston Respublikasining Ruminiyadagi favqulodda va muxtor elchisi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz