Ule Selnes
Ole Kristian Selnæs (talaffuzi: Ule Selnes; 1994-yil 7-iyulda tugʻilgan) — norvegiyalik professional futbolchi, Shveysariyaning Zürich klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. 2015—2019-yillar oraligʻida Norvegiya milliy terma jamoasi safida 32 ta oʻyinda maydonga tushgan va ikki bor gol urgan. Rosenborgning sobiq darvozaboni Ivar Selnæsning oʻgʻli.
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliyati
Trondheimda tugʻilgan, lekin otasi Ivar Selnæs Skjetten SK bosh murabbiyi boʻlganida Lillestrømda yashagan va shu klubning yosh toifadagi jamoasida oʻynagan. Keyinchalik oilasi Trondheimga qaytdi. Selnæs Sverresborg IF jamoasiga qoʻshildi.
Rosenborg
Selnæs 2009-yilda Rusenborgga qoʻshildi. 25-mart kuni professional shartnoma imzoladi. Mavsumni yarim himoyachi Mohammed-Awal Issah va Markus Henriksen juftligiga zaxira sifatida boshladi. Professional debyuti 2012-yilning 1-aprelida Lillestromga qarshi o‘yinda boʻldi. Keyingi haftada Sogndal klubiga qarshi oʻyinda asosiy tarkibga kiritildi.
Toʻrt liga oʻyinlaridan soʻng scan-scout.com veb-sayti tomonidan Skandinaviyadagi eng katta isteʼdod deb topildi.
Saint Etienne
Selnæs 2016-yilning 31-yanvarida Saint Etienne safiga kelib qo‘shildi.
Shenzhen
2019-yil 9-fevralda Selnæs Superliganing yangi aʼzosi Shenzhenga oʻtdi.
Zürich
2022-yil 24-iyun kuni Selnæs Shveysariyaning Zürich klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Yangi jamoasi safidagi urgan birinchi goli 2022-yil 15-sentabrda UEFA Yevropa Ligasi doirasida Glimtga qarshi o‘yinda avtogol bo‘ldiManba xatosi: Invalid <ref> tag; refs with no name must have content.
Xalqaro faoliyati
Selnæs Norvegiyaning U16 va U21 terma jamoalarida oʻynagan.
2021-yil fevral holatiga koʻra milliy terma jamoada 32 ta oʻyinda maydonga tushgan.
Faoliyati statistikasi
Klub
27-iyul, 2022-yil[12][13].
Xalqaro
15-oktyabr, 2019-yil[14]
Manbalar
uz.wikipedia.org