ULCHLAR



ULCHLAR, olchlar (o’zlarini Nani, aynan — odamlar deb ataydilar) — Xabarovsk o’lkasida (Rossiya Federatsiyasi) yashovchi xalq. 3,2 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Ulch tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan, pravoslavlar. O’tmishda Ulchlarda animizm, shamanizm keng tarqalgan. Ulchlarning etnogenezida taygadagi tunguslar, qadimgi tub joy aholi va boshqa etnik qatlamlar ishtirok etgan. An’anaviy mashg’ulotlari — baliq ovlash.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz