Ulayya bintu Al-Mahdiy
Ulayya bintu Al-Mahdiy (arabcha: عُلَيّة بنت المهدي)—shoira va musiqachi sifatidagi merosi bilan mashhur boʻlgan Abbosiylar malikasi edi. U 777-yil Bagʻdodda tugʻilgan va 825-yilda vafot etgan.
Hayoti
Ulayya 775-yildan 785-yil vafotiga qadar hukmronlik qilgan uchinchi Abbosiy xalifasi Al-Mahdiyning (775-785) qizlaridan biri boʻlib, u oʻz saltanatida sheʼriyat va musiqani targʻiboti bilan shugʻullangan. Uning onasi Maknuna ismli qoʻshiqchi va kanizak edi (al- Marvoniyning joriyalaridan biri boʻlgan). Uning otasi erta vafot etganidan soʻng, Ulayya oʻgay akasi Horun ar-Rashid (hukmronligi 786-809-yillar) qoʻlida tarbiyalangan.
Ulayya malika boʻlib, xuddi oʻgay ukasi Ibrohim ibn al-Mahdiy (779–839) singari taniqli musiqachi va shoira edi. Taʼkidlanishicha, u mahorat bobida ukasidan oshib ketgan va sheʼr hamda qoʻshiqlar yozgan yagona malika boʻlmasa-da, u boshqalarga qaraganda juda qobiliyatli boʻlgan. Uning sheʼrlarining asosiy qismi kuylash uchun moʻljallangan qisqa parchalardan iborat „Muhdas“ uslubida edi. Uning sheʼrlari muhabbat, doʻstlik va vatanga boʻlgan sogʻinchni ifoda etadi, shuningdek, sheʼrlari xalifa Horunni maqtash, sharob bayrami va uning dushmanlarga qilgan keskin hujumlarini oʻz ichiga oladi.
Ulayyaning hayoti haqidagi asosiy manba Abu al-Faraj al-Isfahoniyning X asrda yozilgan Kitob al-Agʻoniy asaridir. Bu va boshqa manbalarda Ulayya saroy jamiyatida oʻzini bemalol tuta oladigan, lekin jamoat hayotida oʻta muhim rol oʻynashdan tortinadigan yetuk ayol sifatida tasvirlangan. U boy edi va bir necha choʻri qizlarga ega edi hamda qudratli akalari bilan yaqin munosabatda edi. Garchi uning din ulamolari bilan muloqot qilganiga oid maʼlumotlar kam boʻlsa-da, „Ulayyaning tarojimi“dagi turli maʼlumotlarda uning taqvodorligi va anʼanaviy marosimlarga ishqibozligiga eslatib oʻtilgan.
Ulayya bir Abbosiy shahzodaga turmushga chiqqan edi, biroq uning ikki qulga qaratilgan ishqiy sheʼrlari saqlanib qolgan. Eng mashhur latifalardan biri uning munosabatlari haqidagisi edi:
Uning ar-Rashid saroy xizmatchilaridan biri boʻlgan Tall ismli xodim bilan munosabatlari boʻlib, u bilan sheʼr orqali yozishib turar edi. Ar-Rashid esa unga uning ismini aytishini man etadi, hattoki Baqara surasining tall soʻzi kelgan misrasini aytishini taqiqlasa ham, u akasining buyruqlariga qatʼiy rioya qiladi. Xalifa buni koʻrgach, juda taʼsirlanadi va Tallni sovgʻa sifatida unga tuhfa qiladi. Bundan kelib chiqadiki, u oʻzining taqvosi bilan dunyoviy mukofotni qoʻlga kiritadi[4]:77.
Ulayya bintu Al-Mahdiy ham oʻzining musiqiy qobiliyati bilan mashhur boʻlgan boshqa erkin arab ayollari singari, oʻz ijodini yakka holda, faqat oilasiga namoyish etgan. Lekin qul-qiyon, jarya va mugʻanniyat singari, shuningdek axloqsizlik kabi har qanday nopoklikdan saqlanish kabi vazifalarini ham unutmagan. Ammo u oʻzining musiqiy qobiliyatiga qayna deb baho bergan.
Bir marta u akasi Ibrohim ibn Al-Mahdiy bilan duet kuylagan. Shuningdek, u kelinoyisi Zubayda binti Jaʼfar uchun goʻyo 2000 ta qoʻshiqchi choʻri ayollar akasi Horun ar-Rashid uchun kuylaganligi haqida sevgi sheʼrlari yozgan.
Nikoh
Ulayya Abbosiylar sulolasining koʻzga koʻringan vakili, Abbosiylar shahzodasi Muso ibn Iso ibn Muso Al-Hoshimiyga turmushga chiqdi. U Abbosiylar sulolasi bilan qarindoshlik munosabatlariga ega boʻlgan. Muso sulolaning dastlabki ikki xalifasi As-Saffoh (hukmronligi 750–754-yillar) va Al-Mansurning nevarasi edi (hukmronligi 754–775-yillar). U shuningdek, uchinchi xalifa Al-Mahdiyning qizi Ulayyaga uylanishi orqali ham hukmronlik safiga qoʻshilgan.
Sheʼriyati
Ulayyaning sheʼriyatidan bir misol:
Sevgimning ismini ushladim va uni oʻzimga takrorlayverdim.
Oh, men sevganimni ismimni aytish uchun xoli joyni naqadar orzu qilaman[9].
Adabiyotlar
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org