Ulan-Ude




Ulan-ude (1934-yilgacha — Verxneudinsk) — Rossiya Federatsiyasi Buryatiya Respublikasi gyuytaxti. Selenga daryosi oʻng sohilida. TransSibir temir yoʻl magistralidagi muhim temir yoʻl chorrahasi. Selenga daryosidagi pristan. Aholisi 359,4 ming kishi (2002).

1666-yilda kazaklarning Udinskoye qishlov joyi sifatida vujudga kelgan. 1689-yildan Verxneudinsk qalʼasi, uning atrofida shahar shakllandi. 17-asrda Zabaykalye hududining maʼmuriy va harbiy markazi. 1783-yildan Irkutsk noibligining, keyinchalik Irkutsk gubernyasining uyezd shahri; 1851-yildan Zabaykalye viloyati tarkibida. Yirik savdo markazi. 1899-yilda shahar orqali Sibir magistralining oʻtishi iqtisodiy rivojlanishga olib keldi. 1905-yilgacha surgun joyi edi. 1920-yil aprel—oktabrda Uzoq Sharq Respublikasining poytaxti. 1921 —22 yillarda Uzok, Sharq Respublikasining Buryatlar muxtor viloyati markazi. 1923-yildan Buryat Mongoliya muxtor SSR (1958-yildan Buryatiya muxtor SSR) poytaxti. 1934-yil 27 iyulda U.U. (Qizil Ud a) deb ataldi. Mashinasozlik va metallsozlik (aviatsiya, priborsozlik, kemasozlik, "Teplopribor" va boshqa zavodlar), yengil, oziqovqat, yogʻochsozlik korxonalari, shisha zavodi bor. Rosssya Fanlar akademiyasi Sibir boʻlimi filiali, 4 oliy oʻquv yurti, 4 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri) faoliyat koʻrsatmoqda. Muzeylardan tarixiy, etnografiya, badiiy buryat toshi, Sharq sanʼati, tabiat va boshqa muzeylar mavjud. Filarmoniya bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Odigitriyev sobori (18-asr), karvonsaroy (19-asr boshlari) va boshqa saklangan. Aeroport bor.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz