Uladzislaw Kasmynin




Vladislav Kasminin (belaruscha: Уладзіслаў Касмынін; ruscha: Владислав Космынин; 1990-yil 17-yanvarda tugʻilgan) — belaruslik professional futbolchi. Bekobodning „Metallurg“ klubida oʻynaydi.

Faoliyati



Professional faoliyatini 2005-yilda „Naftan“ da boshlagan. Klub bilan 2009-yilda Belarus futbol kubogini qoʻlga kiritgan. Turli vaqtlarda Polotsk (2010), Volna (Pinsk) (2011—2012), Granit (Mikashevichi) (2013), Vitebsk (2014) klublarida ijarada oʻynagan.

2015-yilgi mavsumda yana „Naftan“ga qaytdi, ammo asosiy tarkib oʻyinchisi boʻla olmadi. 2015-yilning dekabrida Novopolotsk klubini tark etdi, 2016-yil fevralida Granit klubiga qoʻshildi. 2016-yilning iyul oyida moliyaviy muammolar tufayli „Granit“ futbolchini Grodnoning „Neman“iga transfer qildi. Kasminin klubda himoya markazida oʻzini yaxshi koʻrsata oldi.

2017-yilning yanvar oyida Oʻzbekistonning „AGMK“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Himoyachi sifatida birinchi mavsumda 7 ta gol urdi. Rossiyalik murabbiy Viktor Kumikov qoʻl ostida oʻynagan va u ketishi bilan Kasminin ham klubini oʻzgartirishga qaror qilgan.

2019-yilning yanvarida Qozogʻistonning Koʻkshetauning „Oqjetpes“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Klubda 12 ta o‘yin o‘tkazdi, faqatgina „Taraz“ darvozasiga gol ura oldi. 4-iyul kuni u tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra shartnomani bekor qilindi. Soʻng AGMKga qaytdi. Klubda 2019-yilgi mavsum oxirigacha oʻynadi. 2020-yilgi mavsumning ikkinchi yarmini „Qizilqum“ tarkibida oʻtkazdi.

2021-yilning fevral oyida Namanganning „Navbahor“ jamoasiga oʻtdi, biroq bir hafta oʻtib „Turon“ safiga qoʻshildi. Jamoada asosiy tarkib oʻyinchisi boʻldi. Dekabr oyida klubni tark etdi.

2022-yilning yanvar oyida futbolchi faoliyatini „Istiqlol“da davom ettirishi haqida maʼlumot paydo bo‘lgandi. 2022-yilning fevral oyi boshida klub bilan shartnoma imzoladi. Klubdagi debyutini 2022-yilning 11-aprelida OChLda „Al Sharja“ga qarshi oʻyinda o‘tkazdi. 2022-yil 27-aprel kuni Amirlikning „Al-Sharja“ klubiga qarshi o‘yinda debyut golini kiritdi.

2022-yilning dekabr oyida futbolchining „Metallurg“ga oʻtishi haqida maʼlumot paydo boʻlgandi. 2023-yilning yanvar oyida futbolchi rasman Metallurgga oʻtdi.

Faoliyat statistikasi



Klub



2022-yil 27-noyabr holatiga koʻra

Yutuqlari



Naftan Novopolotsk

AGMK

Istiqlol

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz