Ulaanbaatar




Ulan-bator , Ulaanbaatar (moʻgʻ.: Улаанбаатар; mongolcha — Qizil Botir) — shahri Mo'g'ulistonning poytaxti va eng katta shahri. 2012-yiligi hisob boʻyicha shahar aholisining soni 1,2-milliondan ortiq.

Ulaanbaatar Moʻgʻulistonning markazida qismida Tuul daryosining yoqasida, dengiz sathidan 1310-m balandlikda joylashgan. Iqtisodiyot, Madaniyat, bilim, tibbiyot markazi. Ulaanbaatar transport yoʻllarining markazi Moʻgʻulistonning barcha shaharlari bilan kesishadi, temir yoʻl orqali Rossiyaning Trans-Sibir va Xitoyning temir yoʻllariga qoʻshila oladi.

Ulaanbaatar shahri ilk 1639-yili Buddizm markazi tashkil topgan, 1921-yiligi revolyutsiyadan keyin davlat poytaxti boʻldi.

BogdoOʻla togʻi etagida, Tola daryosi vodiysida, 1325 m balandlikda joylashgan. Iqlimi keskin kontinental, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —27°, iyulniki 18°. Yillik yogʻin 250 mm. Aholisi 691 ming kishi (1999). Alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Shaharga 1639 yilda asos solingan. Dastlab Moʻgʻulistonda koʻchmanchi qayot kechiruvchi lamaizm cherkovi boshliklarining qarorgohi — Orgoo (Urga) boʻlgan. 1706 yildan Ixxuree (Buyuk ibodatxona), 1911 yildan Niyslelxuree (Poytaxt ibodatxonasi) deb atalgan. 18-asrning 2yarmidan Ixxuree manjur noibi qarorgohi va Tashki Mongoliyaning maʼmuriy markazi. Savdo yoʻlida joylashgan Ixxuree yirik savdo markaziga aylangan. 1911 yildan Niyslelxuree — Tashki Mongoliya Muxtoriyatining eng yirik shahri. 1921 yil 6 iyulda Mongoliya Xalq Respublikasi poytaxti deb eʼlon qilingan. U.B. — transport yoʻllarining muhim chorrahasi. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning yirik sanoat va madaniyat markazi. Yalpi sanoat mahsulotining 1/2 qismidan ortigʻi U.B.da ishlab chiqariladi. Yengil sanoat (jun yuvish, poʻstin tikish, koʻnteri va b. ishlab chiqarish) rivojlangan. Poligrafiya kti, qurilish materiallari ishlab chiqarish, yogʻochsozlik va metallsozlik korxonalari, avtomobil taʼmirlash zavodlari, oziq-ovqat sanoati, issiklik elektr stansiyalari mavjud. Mongoliya Fanlar akademiyasi, unt, muzeylar, teatrlar bor. U.B.da zamonaviy reja asosida Hukumat uyi, turar joy binolari qurilgan.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz